Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ukrainalik futbolchi "Liverpul" UYEFAdan transfer oynasini bir soatga uzaytirishni so‘raganini aytib berdi

Ukrainalik futbolchi "Liverpul" UYEFAdan transfer oynasini bir soatga uzaytirishni so‘raganini aytib berdi

Baho:
+ | -

17 iyul kuni faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan ukrainalik futbolchi Yevgeniy Konoplyanka "Liverpul"ga amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirdi.

"Liverpul" Dneprga keldi. Biz hammamiz o‘tirdik, tushlik qildik, ular: "Bo‘ldi, biz sizni olib ketamiz", deyishdi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tdim va ular meni olib ketishga tayyor edilar. Ular so‘rashdi: "Narxi qancha?" Men: "Prezidentimiz bilan gaplashing", dedim. Ular bog‘lanishdi, prezident bitta narx aytdi, men uning yoniga o‘tirdim va eshitdim – 15 million, lekin summa 25 millionga yetdi, bilmayman, funt yoki yevro. O‘sha paytda bu juda katta summa edi.

"Dnepr" bilan shartnomam tugashiga bir yil qolgandi va men hammasi joyida bo‘ladi deb o‘yladim: transferimdan klub pul ishlab oladi va men xursand bo‘laman. Ammo ular kelisha olishmadi va transfer amalga oshmadi, chunki bu transfer oynasi yopilishidan oldingi oxirgi kecha edi.

Hozir esimda, "Liverpul" UYEFAdan transfer oynasini yana bir soatga uzaytirishni so‘ragandi. "Liverpul" meni olishiga ishonchi komil edi, shuning uchun ular 25 millionga ko‘tarildi, ammo bu ish bermadi", - deya Konoplyankoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tribuna.com.

Kiritildi: 11:01, 22.07.2024.
O'qildi: 1942 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.