Federiko Kyezaga "Inter" qiziqmoqda.
Calciomercato nashrining Corriera Della Serra nashriga tayanib xabar berishicha, milanliklar shartnomasi 2025 yilda tugaydigan vingerning holatini kuzatib borishmoqda.
"Neradzurrilar" esa hozir futbolchini sotib olishga urinmaydi. Agar u erkin agentga aylansa, ular u bilan shartnoma imzolashga tayyor.
Ayni damda Kyezaning "Yuventus" bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va klub futbolchini sotishga harakat qilmoqda.
O‘tgan mavsumda Italiya terma jamoasi futbolchisi A seriyada 33 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urishga erishgan.