Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

"Milan" "Tottenxem" futbolchisi uchun talab qilinganidan 3 million yevro kam taklif qildi

"Milan" "Tottenxem" futbolchisi uchun talab qilinganidan 3 million yevro kam taklif qildi

Baho:
+ | -

"Milan" va "Tottenxem" himoyachi Emerson Royalning transferi shartlari bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi.

Tomonlar anchadan buyon muzokara olib borishmoqda, biroq “shporlar”ning so‘rovlari “rossonerilar” berishga tayyor bo‘lgan summadan sezilarli darajada katta. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi muhokamalardan so‘ng vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargan – endi “Tottenxem”ning talabi va “Milan” taklifi o‘rtasidagi farq 3 million yevroni tashkil etadi. Klublar tez orada murosa topishga harakat qilishadi.

Emerson Royalning o‘zi may oyida "Milan"ga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgandi. 25 yoshli braziliyalik futbolchi "Tottenxem"da zaxira o‘yinchisi bo‘lishni istamayapti.

Kiritildi: 05:09, 25.07.2024.
O'qildi: 735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.