Biznesmen Ilon Mask Meta korporasiyasi rahbari Mark Sukerbergga qarshi kurashishga tayyorligi haqida ma’lum qildi.
Maskning so‘zlarini jurnalist Kelli Fares X ijtimoiy tarmog‘ida keltirgan.
“Men Sukerberg bilan istalgan joyda, istalgan vaqtda, har qanday qoidalar ostida jang qilardim”, dedi Mask.
Sukerberg biroz vaqt o‘tib Threads ijtimoiy tarmog‘ida javob berdi: "Biz haqiqatan ham eski uslubimizga qaytdikmi?".