Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Telegramda ruxsatsiz ravishda Yevro-2024 translyasiyasini namoyish etgan shaxs jarimaga tortildi

Telegramda ruxsatsiz ravishda Yevro-2024 translyasiyasini namoyish etgan shaxs jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

Huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan jazo tayinlandi.

Joriy yilning 17 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasi 1-qismi bilan sudlangan 2002-yilda tug‘ilgan J.A ning ishi ko‘rildi.

J.A. “Evro-2024” futbol o‘yinlarini o‘zining “ASL FUTBOL LIVE” Telegram-kanalida ushbu o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilish huquqiga ega bo‘lgan “TELERADIOKOMPANIYA ZO’R” MCHJdan tegishli ruxsat olmasdan turib efirga uzatgan.

Sud majlisida huquqbuzar J.A. o‘zining Telegramdagi “ASL FUTBOL LIVE” kanalida “Evro-2024” futbol o‘yinlarini tegishli ruxsatsiz translyasiya qilganini tan olib, qilmishidan afsusda ekanligini, bunday xatti-harakati takrorlanmasligini, ishsiz va og‘ir sharoitda ekanini tilga olib, yengil sud jazosini so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, J.A. ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi. J.A. 340 000 so‘m (BHMning bir baravariga teng) miqdorda jarimaga tortildi.

Manba: Kun.uz
Kiritildi: 14:29, 25.07.2024.
O'qildi: 9760 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик