Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Alvares «Siti»dagi o‘yin vaqti kamligidan norozi va iliqroq muhitli joyga ko‘chib o‘tishdan xursand bo‘ladi

Alvares «Siti»dagi o‘yin vaqti kamligidan norozi va iliqroq muhitli joyga ko‘chib o‘tishdan xursand bo‘ladi

Baho:
+ | -

Xulian Alvares «Manchester Siti»ni tark etishga tayyor.

The Athletic xabariga ko‘ra, argentinalik hujumchi ko‘proq o‘yin vaqtini olishni istamoqda. U va uning oilasi iliqroq iqlimga ko‘chib o‘tishdan xursand bo‘ladi.

24 yoshli futbolchiga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq madridliklar «shaharliklar»ning moliyaviy talablarini qondira olmaydi – britaniyaliklar Alvaresning transferi uchun 60+17 million funt olmoqchi.

O‘tgan mavsumda Premer-ligada Xulian 36 o‘yin o‘tkazib, 11 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 21:59, 25.07.2024.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик