Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Abinur Nurimbet: "Hammasi zo‘r ketyapti. Butun diqqat-e’tiborim "Andijon" klubining maqsadlariga qaratilgan"

Abinur Nurimbet: "Hammasi zo‘r ketyapti. Butun diqqat-e’tiborim "Andijon" klubining maqsadlariga qaratilgan"

Baho:
+ | -

Yaqinda qozog‘istonlik 19 yoshli iqtidor egasi Abinur Nurimbet "Andijon" klubi bilan shartnoma imzoladi va ilk bor O‘zbekiston Superligasida faoliyat olib boradi.

Futbolchi ushbu yangi chaqiruvni ijobiy qabul qildi va o‘zini ko‘rsatishga tayyor. Nurimbet esa “Andijon” a’zosiga aylangach, bir qator savollarga javob qaytardi.

-  Abinur, “Andijon” klubiga xush kelibsiz. Hammasi qanday sodir bo‘ldi?

-  “Gomel”dan keyin uyimda, Tarazda bo‘ldim. Universitetdagi o‘qish masalasi bilan shug‘ullandim. “Andijon” FK yig‘inlarida keyinchalik shartnoma imzolash imkoniyati bilan taklif kelib qoldi.

-  Bir necha kundan beri klubning yozgi yig‘inida ishtirok etyapsiz. Dastlabki taassurotlaringiz qanday?

-  Jamoadagi muhit yaxshi, meni iliq qabul qilishdi, hammasi zo‘r ketyapti.

-  Sizni Qozog‘istonning Arda Gyuleri deb atashmoqda. Bu taqqoslash sizga yoqadimi?

-  Gyuler bilan taqqoslashlari haqida bilmayman. Qolaversa, u chapaqay, men esa o‘naqayman.

-  Bungacha “Andijon” jamoasi haqida nimalarni bilardingiz?

-  O‘yinlar sharhini ko‘rdim. Harqalay, u yerda Belurusdagi sobiq klubdoshim Rustam to‘p suradi. U menga muxlislar  qattiq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi. Chindan ham ishqibozlarning tribunadagi zo‘r qo‘llab-quvvatlashlarini sezdim.

-  Darvoqe, o‘zingiz uchun raqam tanladingizmi?

-  Hozircha tanlaganim yo‘q.

-  Oldin Belarus chemponatida Rustam Turdimurodov bilan birga to‘p surgansiz. Endi u bilan yana bir jamoadasiz. Buni kutganmidingiz?

-  Agarda rostini aytsam, hammasi bunchalik tez ro‘y berishini sira kutmagandim. Mavsum boshida butun mavsumni “Gomel” FKda o‘tkazishni rejalashtirgan edim.

-  O‘z oldingizga qanday maqsad qo‘ydingiz?

-  Hozir butun diqqat-e’tiborim “Andijon” maqsadlariga qaratilgan, rahbarlar, jamoa murabbiylari qo‘yayotgan maqsadlarga qaratilgan. Kelajakda esa albatta Qozog‘iston milliy terma jamoasi libosida maydonga tushishni istayman" - dedi Nurimbet Abinur.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 10:12, 26.07.2024.
O'qildi: 1280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.