Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Navbahor" O‘tkir Yusupov bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi

"Navbahor" O‘tkir Yusupov bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Navbahor" klubi va futbolchi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra, 33 yoshli tajribali darvozabon O‘tkir Yusupov jamoamiz bilan do‘stona xayrlashdi hamda faoliyatini Eronning "Fulad" jamoasida davom ettirishga qaror qildi.

Yusupov “Navbahor” tarkibiga 2019 yili qo‘shilgandi.

“Lochinlar” tarkibidagi 5,5 yillik faoliyati davomida tajribali posbon O‘zbekiston Superligasi bahslarida 113 ta, O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarida 23 ta, Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) bellashuvlarida 9 ta, jamoamiz tarkibidagi barcha musobaqalarda jami 145 ta bellashuvda maydonga tushdi.

E’tiborlisi, mazkur o‘yinlarning 76 tasida O‘tkir Yusupov o‘z darvozasini “quruq” saqlagan.

Yusupov “Navbahor”ning so‘nggi muvaffaqiyatlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shib, “lochinlar” tarkibida kumush (2022 yil) va bronza (2023 yil) medallarini qo‘lga kiritib, 2022 yilgi O‘zbekiston kubogi bahslarida finalga qadar yetib bordi.

"O‘tkir Yusupovga “Navbahor”dagi faoliyati uchun klubimiz hamda muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirib, yangi jamoasida omad yor bo‘lishini tilaymiz" - deyiladi namanganliklarning bayonotida.

Kiritildi: 14:47, 28.07.2024.
O'qildi: 2587 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик