Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Parij-2024. Yaponiyalik dzyudochi raqibiga hurmatsizlik ko‘rsatdi

Parij-2024. Yaponiyalik dzyudochi raqibiga hurmatsizlik ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

27-iyul, shanba kuni yaponiyalik dzyudochi Ryuzu Nagayama 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida chorak final jangida ispaniyalik Fransisko Garrigosga imkoniyatni boy berib qo‘ydi – 0:10.

Nagayama mag‘lubiyatini tan olishni istamadi va Garrigos unga yaqinlashganda uning qo‘lini siqishdan bosh tortdi.

Bir necha soniyadan so‘ng ispaniyalik o‘z jamoasi bilan tatamini tark etdi, yaponiyalik esa tribunadagi tomoshabinlarga hayqirgan holda tatamida qoldi.

Nagayama ham, Garrigos ham Parij Olimpiadasida bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Yaponiyalik o‘tish raundi orqali uchinchi o‘rin uchun kurashda turkiyalik Solih Yildizni 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Garrigos yarim finalda mag‘lub bo‘ldi va bronza uchun kurashda gruziyalik Giorgi Sardalashvilidan kuchliroq bo‘lib chiqdi.

Kiritildi: 16:53, 28.07.2024.
O'qildi: 11509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик