Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Diyora Keldiyorova o‘z oltin medalini kimga bag‘ishladi?

Diyora Keldiyorova o‘z oltin medalini kimga bag‘ishladi?

Baho:
+ | -

Dzyudo bo‘yicha Parij Olimpiadasi g‘olibi Diyora Keldiyorova (52 kg) Instagram sahifasiga yangi post joyladi.

"Hayotimdagi eng unutilmas, baxti kunlarimdan biri. Bu medalimni rahmatli buvimga bag‘ishlayman.

6 yoshimda dzyudoni sevib qolishimga sababchi bo‘lib, meni shu darajaga yetkazganlari uchun. Men buvim bilan yashab, katta bo‘lganman va hayotimdagi eng muhim darslarni aynan undan o‘rgandim. Ba’zida undan menga nisbatan juda qattiqqo‘l va talabchan bo‘lgani uchun juda ham xafa bo‘lar edim!

Shuni angladimki, men uchun eng to‘g‘risini ular qilgan ekanlar. Xozir oramizda yo‘q, lekin bilaman, har doim kuzatib, men bilan faxrlanib turibdilar. Olimpiada chempionligi juda ham uzoq va qiyin yo‘l edi. Men buni ota-onam, bobom-buvilarim, turmush o‘rtog‘im, oyijon va dadajonimni ko‘magi bilan uddaladim! Duo qilib, menga ishongan butun xalqimizga tashakkur bildiraman", deb yozdi Diyora Keldiyorova.

Kiritildi: 21:56, 30.07.2024.
O'qildi: 2553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик