Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Lyubisha Pesel: "Andijon"da o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandman"

Lyubisha Pesel: "Andijon"da o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandman"

Baho:
+ | -

“Andijon” yozgi seleksiya chog‘ida tarkibini bir qator yangi o‘yinchilar bilan to‘ldirdi. Ularning orasida serbiyalik 31 yoshli himoyachi Lyubisha Pesel ham bor. U “Andijon” matbuot xizmatiga ilk intervyusini berdi.

-  Lyubisha, “Andijon” klubiga xush kelibsiz. Bu taklifni eshitganingizda nimalarni o‘yladingiz?

-  Rahmat, “Andijon” klubida to‘p surish men uchun yangi sinovdir. Bu jamoada o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandman. Bu menga katta tajriba bo‘ladi, deb o‘ylayman.

-  Ushbu taklifni qabul qilishingizda asosiy sabab nima?

-  Men haqiqatda xursandman. Serbiyadan Osiyodagi milliy chempionatga kelganimdan mamnunman. O‘zimni shu yerda namoyish qilmoqchiman.

-  Siz ilk bor O‘zbekiston chempionatiga keldingiz. Bu yerda esa serbiyalik futbolchilar bisyor. Chempionatimiz haqida nimalarni bilasiz?

-  Ha, bu yerda serbiyalik ko‘plab futbolchilar o‘ynashidan xabarim bor. Men uchun esa bu yerda hozir hammasi yangi. Aytish joizki, chempionatingizning saviyasi menda iliq taassurot qoldirdi va chempionatingiz saviyasi yaxshi ekanligini eshitdim.

-  “Andijon” tarkibida hamyurtingiz Vladimir Bubanya o‘ynaydi. U haqida oldin ham bilarmidingiz?

-  Men shunday murabbiy bilan ishlashdan va Vladimir Bubanya bilan birga o‘ynashdan juda xursandman. Murabbiylardan minnatdorman. Ular Vladimir bilan birgalikda o‘ynashim uchun imkon berishmoqchi. Ha, u haqida eshitganman, lekin hech qachon birga o‘ynab ko‘rish nasib qilmagandi. Endi esa shunday imkoniyatga egaman.

-  Andijonlik muxlislar juda talabchan va faol. Ular O‘zbekistonda birinchi raqamli va sizlardan umidi katta...

-  Muxlislar haqida instagram va yutub kanallari orqali ma’lumot oldim. Ular serbiyalik ishqibozlarga juda o‘xshashar ekan. Shuni bilamanki, ular biz futbolchilarga o‘z o‘yinimizni yaxshi namoyish etish uchun katta yordam berishadi. Shunday jonkuyar va fidoyi ishqibozlar ko‘magida to‘p surishimdan juda xursandman.

-  Yangi jamoangizdagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?

-  Bu yerda hammasi men uchun yangi. Chunki uchib kelganimga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Murabbiylar va o‘yinchilar meni xuddi eski qadrdonini qarshi olishganidek kutib oldilar. Buning uchun barchasiga katta rahmat!

-  “Andijon” bilan nimaga erishishni maqsad qilyapsiz?

-  Bizda Kubokni yutish uchun yaxshi imkon yuzaga kelgan va bundan foydalanib qolishga harakat qilamiz" - dedi serbiyalik futbolchi.

Kiritildi: 03:24, 01.08.2024.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.