Kirish Ro'yxatdan o'tish

Milik Mottani hayratda qoldirib, "Yuventus"da qolmoqchi

Milik Mottani hayratda qoldirib, "Yuventus"da qolmoqchi

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Arkadiush Milik ushbu transfer oynasida jamoasini tark etishni istamayapti. Eslatib o‘tamiz, avvalroq "keksa senyora" rahbariyati polshalik futbolchini sotuvga qo‘ygandi.

Tuttosport xabariga ko‘ra, "Yuventus" hujumchisi yangi bosh murabbiy Tiago Mottani hayratda qoldirmoqchi. Oldinroq italiyalik mutaxassis "Napoli"ning sobiq hujumchisi xizmatlariga muhtoj emas, degan qarorga kelgandi. Biroq Arkadiush mutaxassisni ishontirmoqchi.

Italiya A seriyasining so‘nggi mavsumida Milik 32 ta o‘yinda 4 ta gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq 30 yoshli polshalik Fransiyada “Marsel” safida o‘ynagan.

Kiritildi: 17:32, 01.08.2024.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик