"Yuventus" "Atalanta" hujumkor yarim himoyachisi Tyon Kopmeynersga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 26 yoshli yarim himoyachi bir necha oy oldin turinliklar klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Uning shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uning maoshi mavsumiga 4,5 million yevroni tashkil qiladi.
"Yuventus" "Atalanta"ga Kopmeyners uchun 50 million yevro va keyingi transferdan bonus berishga tayyor.
"Zebralar" bosh murabbiyi Tiago Motta niderlandiyalikni har qanday holatda ham qo‘lga kiritishni istaydi, u uni o‘z loyihasi uchun asosiy o‘yinchi deb biladi.