Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Duayt York: "Xyoylund bir mavsumda 30 ta gol ura olmaydi"

Duayt York: "Xyoylund bir mavsumda 30 ta gol ura olmaydi"

Baho:
+ | -

Duayt York Rasmus Xyoylundning "Manchester Yunayted"dagi salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ishonchi komil emas.

21 yoshli forvard o‘tgan mavsumda APLning 30ta o‘yinida maydonga tushib, 10ta gol urdi.

"O‘ylaymanki, Xyoylund uchun mavsumda 20 ta gol uradigan hujumchi bo‘lishi juda qiyin bo‘ladi. Menimcha, bu hech qachon sodir bo‘lmaydi.

U hali yosh o‘yinchi, lekin uni Yevro-2024da kuzatayotganda ham unga nimadir yetishmayapti. Men aniq nima ekanligini tushunmayapman. Unda hujumchiga kerak bo‘lgan X-omili yo‘q.

Menimcha, u yaxshi futbolchi. Men uni shu toifaga kiritgan bo‘lardim, chunki u hali ham rivojlanmoqda. Undan katta umidlar bor va men unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman.

Umid qilamanki, u meni hayratda qoldiradi, lekin men bunga shubha qilaman. U "Manchester Yunayted"ning qutqaruvchisiga aylanadimi? Javob yo‘q", - dedi "mankunianliklar" sobiq hujumchisi Duayt York BoyleSports nashriga.

Kiritildi: 13:50, 02.08.2024.
O'qildi: 1225 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик