Xoan Martines Angliyaning top-klublari e’tiborini tortdi.
AS xabariga ko‘ra, "Real"ning 16 yoshli himoyachisiga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.
Martines o‘tgan mavsumda "Los-Blankos"ning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasida o‘ynagan va shu yozda "Milan"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda debyut qilgan.
Qayd etilishicha, “Real” bu borada xotirjam va futbolchining qolishni istashiga ishonch bildirmoqda.