Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Aleksandr Xomyakov: “Raqib qarshi hujumlarda bizni jazoladi”

Aleksandr Xomyakov: “Raqib qarshi hujumlarda bizni jazoladi”

Baho:
+ | -

“Andijon” – OKMK (2:3) o‘rtasidagi bellashuvdan keyin mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida fiklari bilan o‘rtoqlashdi.

- Barchangiz ko‘rdingiz, jangovar o‘yin bo‘ldi. Hisobda ikkita to‘p bilan oldinga chiqib olganimizga qaramay, o‘yin yakunida mag‘lubiyatga uchradik. Afsuski, uchrashuvni yaxshi natija bilan tugata olmadik. Oddiy holatlarda muvozanatni yo‘qotishimiz evaziga mag‘lubiyatga uchradik. Raqib qarshi hujumlarda bizni jazoladi. Uchinchi gol o‘tkazganimizda ham o‘zimizning qo‘pol xatoimiz bo‘ldi. OKMK jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib g‘alabaga munosib edi. Ular turnir jadvalida yuqori o‘rinlardan birida boryapti.

- OKMK yaxshi harakat qildi. Bizning futbolchilar ham yomon o‘ynashmadi. Boshlang‘ich tarkibni yomon deb bo‘lmaydi. Siz yetarlicha bilimga ega murabbiysiz. Ammo o‘yinchi almashtirishda kechikdingiz, deb o‘ylayman. Bir qator futbolchilar charchab qolishdi.

- Axir biz o‘yinchi almashtirishdan keyin ham gol o‘tkazib yubordik. Futbolchini qachon maydonga tushirish, qachon almashtirish – bu mening vazifam va men o‘zim yaxshi bilaman.  Islom Mamatkazinni jarohati bor edi. Meni boshqa himoyachim yo‘q. Shuni ham hisobga olishim kerak-ku. Kimni qachon almashtirish kerak edi, vaziyatni ko‘rib turgandim. Albatta, himoyada kamchiliklar ko‘zga tashlanyapti. Barchasini tahlil qilamiz. 

- Birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan Levan Arveladzeni nima uchun almashtirdingiz?

- U mavsum davomida ko‘p o‘yinlarda ishtirok etib kelmoqda. Aynan u charchab qolgandi. Buni barchamiz ko‘rdik. Bizga gollar qaysi zonalardan urildi? Uni charchog‘i ham sezilgan va shu bois Levanni almashtirishga majbur bo‘ldik. Oddiy texnik xatolar yuz berdi. Uchinchi golda ham himoyachining taktik xatosi bo‘ldi.

- Eldor Adhamovning o‘yiniga qanday baho berasiz? Nima uchun Litovka zaxirada qolyapti?

- Albatta, bu yerda nima uchun yana Adhamov maydonga tushdi, degan savol tug‘iladi. Tayyorgarlik jarayoni, o‘yinning holati va boshqalarni hisobga olib uni maydonga tushirishga qaror qilganmiz. Ba’zi-bir kuchliroq jihatlarini hisobga olib uni maydonga tushirgandik. Afsuski, bir qancha vaziyatlarda asabiy o‘yin bo‘ldi. Hammamiz g‘alaba qozonishni xohlagandik. Shunchaki maydonga tushmagandik. Biz har doim muxlislar uchun o‘ynashimizni juda yaxshi bilamiz. Adhamov qo‘lidan kelganicha harakat qildi.

Kiritildi: 03:55, 04.08.2024.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.