Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Devisni sotib olishni inkor etmayapti

"Real" Devisni sotib olishni inkor etmayapti

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi haligacha ushbu transfer oynasida "Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni sotib olish imkoniyatini inkor etmayapti. Relevo xabar berishicha, kelishuv hali ham amalga oshishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, "Real Madrid" rahbariyati yozgi transfer kampaniyasi allaqachon yakunlangan deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, klub "Bavariya" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan Devisning "Santyago Bernabeu"ga kelishi ehtimolini istisno etmayapti.

Avvalroq Myunxen klubi Alfonso uchun 50 million yevro miqdorida tovon puli talab qilgandi. "Real" ortiqcha to‘lamaslik uchun futbolchini bir yildan so‘ng tekinga qo‘shib olishni afzal ko‘rmoqda. Ammo, agar "Bavariya" narxni pasaytirsa, transfer shu oydayoq amalga oshishi mumkin.

Kiritildi: 12:25, 05.08.2024.
O'qildi: 1014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.