Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Skamakka operasiya qilindi

Skamakka operasiya qilindi

Baho:
+ | -

"Atalanta" va Italiya terma jamoasi hujumchisi Janluka Skamakka tizzasidagi xoch bog‘lami jarohati tufayli operasiya qilindi.

"Janluka Skamakka 5 avgust, dushanba kuni tushdan keyin chap tizzasining oldingi xoch bog‘lami jarohati sababli jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Rimdagi Villa Stuart klinikasida o‘tkazilgan operasiya to‘liq muvaffaqiyatli deb topildi. Skamakka zudlik bilan fizioterapiyasini boshlashi kutilmoqda", - deyiladi matbuot xizmati klub rasmiy saytidagi bayonotda.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli Skamakka "Atalanta"ning barcha turnirlarda 44 ta o‘yinida qatnashib, 19 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali forvardning bozor qiymatini 35 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 14:52, 06.08.2024.
O'qildi: 803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик