Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"Real" 30 million yevroga sotib olgan futbolchisini ijaraga berishda davom etadi

"Real" 30 million yevroga sotib olgan futbolchisini ijaraga berishda davom etadi

Baho:
+-1 | -

Reynyer "Real"dan "Rayo Valyekano"ga o‘tishi mumkin.

AS nashri xabariga ko‘ra, "Rayo" yarim himoyachiga qiziqayotgan klublardan biri va uning holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ijara yoki doimiy transfer bo‘lishi mumkin, ammo hozircha rasmiy taklif yuborilmagan.

Reynyer 30 million yevro evaziga "Flamengo"dan "Real Madrid"ga o‘tgan, biroq "Los Blankos" safida birorta ham rasmiy o‘yinda maydonga tushmagan. 2020 yildan beri u "Borussiya", "Jirona" va "Frozinone"da ijara asosida o‘ynadi va shu yozda "Kastilya"ga o‘tdi.

Yaqinda "Ilyeskas" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida yarim himoyachi xet-trik qayd etdi. Karlo Anchelotti o‘yinni tribunadan kuzatdi, biroq keyinchalik futbolchini jamoaning AQSH bo‘ylab safariga olib ketmadi. Qayd etilishicha, Reynyer bosh murabbiyning qarorini "tushunmagan". Ehtimol, u kelajakda o‘ziga ishonmaydigan klubni tark etishi mumkin.

Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning narxini 3,5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:56, 07.08.2024.
O'qildi: 5376 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик