Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Dinamo" braziliyalik futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi

"Dinamo" braziliyalik futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida "Dinamo" jamoasi braziliyalik Markos Kaykni PFL ro‘yxatidan o‘tkazgani haqida xabar bergandik.

20 yoshli braziliyalik vinger kuni kecha "Dinamo" jamoasining Toshkentda o‘tkazayotgan yig‘iniga kelib qo‘shildi. Klub va Markos Kayk o‘rtasida 2025 yilning yakuniga qadar belgilangan 1,5 yillik shartnoma imzolangan. Braziliyalik legioner "Dinamo" safiga "Betim" klubidan erkin agent sifatida qo‘shildi. U joriy mavsumning birinchi davrasini Braziliya S Seriyasining "Pozu-Alegri" klubida o‘tkazib, 3 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.

Shu tariqa, Ratinyo, Duglas Maykondan keyin Markos Kayk jamoadagi 3-braziliyalik legionerga aylandi.

"Dinamo" oilasiga xush kelibsan, Markos!" - deyiladi samarqandliklarning rasmiy bayonotida.

Ma’lumotnoma:
To‘liq ism-sharifi: Markos Kayk Morais de Oliveyra
Tug‘ilgan sanasi va joyi: 2003 yilning, 3 noyabr, Braziliya.
Ampluasi: Chap oyoq vinger.

Manba: "Динамо" матбуот хизмати
Kiritildi: 15:52, 07.08.2024.
O'qildi: 1319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик