Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Ivan Boshkovich: “Bugun yutqazdik to‘g‘ri, lekin hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”

Ivan Boshkovich: “Bugun yutqazdik to‘g‘ri, lekin hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Jizzaxliklar ustozi odatdagidek,  o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.   

— O‘yindan ko‘proq narsa kutgan edim. “Navbahor” ko‘proq vaziyat yaratgandek. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman.

— Jamoa ikkinchi davraga qanday tayyorgarlik ko‘rdi? Yig‘inlardan ko‘nglingiz to‘ldimi? Jamoa ayrim bir sabablarga ko‘ra,Turkiyada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yig‘inni bekor qildi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
— Yig‘inlarni yaxshi o‘tkazdik. Oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz. Bugun kubokdagi ishtirokimizni yakunladik, ammo hammasi hali oldinda. Kelajak haqida o‘ylashimiz kerak.

— Jamoangiz yozgi transfer “oynasi”da ikki nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Reja qilgan trasnferlaringizni amalga oshira oldingizmi?
— Ha. Transferlardan ko‘nglim to‘ldi. Biz ko‘p futbolchilar bilan shartnoma imzolashni istamadik. Sababi, tarkibdagi futbolchilar nimalarga qodir ekanligini isbotlab bo‘lishdi. Men ularga to‘liq ishonaman.

— Ikkinchi davra start oldi. Keyingi raqiblar va uchrashuvlar haqida fikr bildirib o‘tsangiz?
— Bizda taqvim bor hamda ushbu taqvim bo‘yicha ishlashda davom etamiz. O‘ylaymanki, taqvim boshqa o‘zgarmaydi. Ertaga keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Men ushbu yigitlarga ishonaman. Bugun yutqazdik to‘g‘ri, lekin hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q. Mavsumni muvaffaqiyatli tugatishni reja qilganmiz.

— Jamoalar davralar oralig‘idagi tanaffusdan keyin dastlabki uchrashuvlarini o‘tkazmoqda. Bugun jamoangizda jismoniy muammolar kuzatildimi? Futbolchilar deyarli 130 daqiqa futbol o‘ynashdi. Jamoangizning jismoniy holatidan qoniqdingizmi?
— 120 daqiqa kurashish ikki jamoa uchun ham oson bo‘lmadi. Jamoam 120 daqiqa o‘ynay olishini isbotladi. Bir oylik tanaffusdan keyin yana maydonga qaytish oson ish emas. Jamoam ruhiy va jismoniy taraflama ham tayyor deb o‘ylayman. O‘z o‘yinimizni yanada chuqurroq tahlil qilib chiqishimiz kerak. Jarohat va diskvalifikasiya tufayli ayrim bir futbolchilarsiz ishtirok etmoqdamiz. Birinchi davrada ham ko‘p yo‘qotishlarga uchradik, lekin shunga qaramay natijaga erisha oldik. Bugungi o‘yin tarixga aylandi. Keyingi bahs haqida o‘ylashimiz kerak.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:48, 08.08.2024.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.