Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Aleksandr Xomyakov: «Ishqibozlarimizning ajoyib qo‘llab-quvvatlashi sababli biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olamiz»

Aleksandr Xomyakov: «Ishqibozlarimizning ajoyib qo‘llab-quvvatlashi sababli biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan «Qizilqum» – «Andijon» (0:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Dastlab barchani jamoamizni yarim finalga chiqqani bilan tabriklayman. Bizni shunday muxlislarimiz borki, ular xursandchiligimizda ham, xafagarchiligimizda ham biz bilan birga bo‘ladilar. Har doim ularni jamoamiz bilan birga ekanligini his qilib turamiz. Ishqibozlarimizning ajoyib qo‘llab-quvvatlashi sababli biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olamiz. Hammaga rahmat, yigitlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Oddiy o‘yin bo‘lmadi, qiziqarli uchrashuv bo‘ldi. Raqibimiz – «Qizilqum» ham yaxshi harakat qildi. Lekin biz ustunlikka erishdik va yana oldinga intilishda davom etamiz.

— «Qizilqum»ni tarkibidan kelib chiqib, bugungi o‘yindan qoniqdingizmi?

— Tushunaman, biz ham raqibdan boshqacha tarkib va boshqacha o‘yin kutgandik. Raqib tarkibi haqidagi savol menga berilmasligi kerak, deb o‘ylayman. Qaysidir tomondan bunday tarkib o‘ynagani bizga syurpriz bo‘ldi, deyishim ham mumkin. Biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani bajardik.

— Yarim finalda qaysi jamoa bilan o‘ynashni xohlayapsiz?

— Kutamiz. Hozir biror narsa deya olmayman. Qolgan o‘yinlar natijalarini kutamiz.

— «Andijon» Osiyo maydonlariga chiqishni Kubok orqali hal qila oladimi?

— Kelinglar, hammasini biroz kutib turaylik. Hali keyingi o‘yinlar bor. Men esa o‘zimizni haqiqiy fidoiy ishqibozlarimizni g‘alaba bilan yana bir bor tabriklayman. Chunki bu «Andijon» futbolida O‘zbekiston Kubogida hozircha eng yuqori natijasi bo‘lib turibdi. Shu bois barchani tabriklayman. Keyingi uchrashuvlarda ham yaxshi natijalar ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 06:23, 08.08.2024.
O'qildi: 993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.