Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superliga. 14-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi: 4 ta to‘g‘ri, bitta noto‘g‘ri qaror (video)

Superliga. 14-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi: 4 ta to‘g‘ri, bitta noto‘g‘ri qaror (video)

Baho:
+ | -

Joriy yilning 4 avgust sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 14-turidan o‘rin olgan uchta bahs yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. «Andijon» - OKMK to‘qnashuvi: bahsli penalti.

«Andijon» - OKMK uchrashuvining 37-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli vakili raqib jarima maydoniga yorib kirayotgan vaqtda himoyachining qarshiligiga uchradi hamda yiqilib tushdi. Bosh hakam Rustam Lutfullin penalti belgiladi, VAR ham uning qarorini ma’qulladi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi qulay vaziyatga chiqib borayotgandi. Himoyachi uni ochiqchasiga chalib, to‘xtatib qolgan. 11 metrlik jarima zarbasi belgilash uchun asos yetarli. Shu sababli, komissiya tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb hisoblandi.

2-vaziyat. «Andijon» - OKMK o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

«Andijon» - OKMK bellashuvining 90-daqiqasida mehmonlarning 28-raqamli futbolchisi o‘z jarima maydonida to‘pni to‘xtatayotgan vaqtda to‘p uning qo‘liga tekkandek ko‘rindi. Ammo bosh hakam Rustam Lutfullin penalti uchun asos yetarli emas, deb hisobladi va bahsni davom ettirdi. VAR ham uning qarorini ma’qulladi.  
 
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda VAR vaziyatga aralashmay to‘g‘ri qilgan. Kadrlar himoyachining qo‘liga yoki o‘ynash mumkin bo‘lgan tana qismiga to‘p tekkanini ko‘rsatib bera olmagan. Hakam to‘g‘ri joy tanlagan va holatni to‘g‘ri baholagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topdi.

3-vaziyat. «Metallurg» - «Lokomotiv» qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

«Metallurg» - «Lokomotiv» uchrashuvining 3-daqiqasida mezbonlarning 24-raqamli futbolchisi mehmonlarning 17-raqamli a’zosining oyog‘iga butsasining tag qismi bilan jiddiy zarba berdi. Bosh hakam Aziz Asimov dastlab himoyachiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi qarorni qizil kartochkaga o‘zgartirdi.
 
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Futbolchi raqibiga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qilgan. Bu kabi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatilishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

4-vaziyat. «Metallurg» - «Lokomotiv» to‘qnashuvi: bahsli penalti.

«Metallurg» - «Lokomotiv» uchrashuvining 20-daqiqasida mezbonlarning 4-raqamli vakili mehmonlar himoyachisi bilan to‘p uchun kurashga kirdi va jarima maydonida yiqilib tushdi. Bosh hakam Aziz Asimov dastlab penalti uchun asos yetarli emas, deb hisobladi va bahsni davom ettirdi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketgandan so‘ng VAR hakami Asimovni monitor yoniga chaqirdi va referi vaziyatni to‘liq o‘rganib, nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga noto‘g‘ri aralashgan. Rakurs orqali holatni aniq ko‘rishning iloji yo‘q. Shu sababdan, 11 metrlik jarima zarbasi belgilash uchun asos yetarli emas. Komissiya tomonidan hakamlarning qarori noto‘g‘ri, deb hisoblandi.

5-vaziyat. «Metallurg» - «Lokomotiv» o‘yini: bahsli 11 metrli jarima zarbasi.

«Metallurg» - «Lokomotiv» bellashuvining 55-daqiqasida mezbonlarning 22-raqamli futbolchisi poytaxtliklarning 2-raqamli vakiliga qarshi o‘z jarima maydonida qo‘pollik ishlatdi. Bosh hakam Aziz Asimov darhol nuqtaga ishora qildi. VAR ham uning qarorini ma’qulladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda himoyalanayotgan futbolchi raqibining orqasidan qo‘pollik ishlatib, uning to‘pga egalik qilishiga qarshilik qilgan. Penalti belgilash uchun asos yetarli va Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 10:28, 08.08.2024.
O'qildi: 1524 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.