Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Aleksandr Krestinin: «Bizga biroz vaqt kerak»

Aleksandr Krestinin: «Bizga biroz vaqt kerak»

Baho:
+ | -

Superligada 15-tur bahslari start oldi. «Lokomotiv» jamoa bu tur «Olimpik» bilan kuch sinashdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvdan so‘ng "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Oson bo‘lmagan o‘yin o‘tkazdik. Natijadan qoniqmadik. Bugun o‘z imkoniyatlarimizni hech bo‘lmaganda uchdan bir qismidan foydalanganimizda ham vaziyat boshqacha bo‘lar edi. Afsuski, bitta gol g‘alaba uchun kamlik qiladi.  

— Jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni qanday kechdi?
— Tayyorgarlik a’lo darajada o‘tdi. Qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bajarildi. Nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdik. Transfer kampaniyasi ham imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. Biroz vaqt kerak. Hammasi o‘z o‘rniga tushadi.

—  Shogirdlaringiz gol kiritgandan so‘ng, to‘pni pastda ushlagan holda harakat qilishni boshladi. Bu siz tomondan berilgan ko‘rsatma edimi?

— Biz birinchi bo‘lim uchun bunday reja qilmagan edik, ammo ikkinchi taym uchun rejalarimizda bu omil bor edi.

— Ha, albatta natija boshqacharoq ko‘rinmoqda, biroq Jamoangizni o‘yini turdan-turga yaxshilanib bormoqda deb o‘ylaysizmi?

— Albatta, g‘alaba qozonish doim yoqimli, ammo biz 3 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapmiz. Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand bermoqda. Shunga qaramay, vaziyatlar yaratilayotganidan xursandman.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 08:31, 10.08.2024.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.