Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Olimpiya o‘yinlari chempioni moliyaviy holatini yaxshilab olish uchun oltin medalini sotmoqchi

Olimpiya o‘yinlari chempioni moliyaviy holatini yaxshilab olish uchun oltin medalini sotmoqchi

Baho:
+ | -

81 kilogramm vazn toifasida Parijdagi Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan norvegiyalik og‘ir atletikachi Solfrid Koanda o‘z mamlakatidagi og‘ir atletikachilarning kam daromadi haqida gapirdi.

"Hozir o‘zimni ma’buda kabi his qilyapman, lekin balki yana elektrchi bo‘lib ishlayman, bilmayman. Balki 2028-yilgi Olimpiadaga tayyorgarlikni moliyalashtirish uchun oltin medalni sotuvga qo‘yishga majbur bo‘larman, ko‘ramiz", — deya sportchining so‘zlarini keltiradi NRK.

25 yoshli Koanda dast ko‘tarish va siltab ko‘tarishda jami 275 kg natija qayd etib, Olimpiya rekordi bilan Parijdagi musobaqada g‘olib chiqdi.

Ikkinchi o‘rinni misrlik sportchi Sara Ahmad (268 kg) egalladi. Kuchli uchlikka Ekvador vakili Neysi Dahomes (267 kg) yakun yasadi.

Kiritildi: 20:54, 12.08.2024.
O'qildi: 13073 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик