Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Barchasi yangi OCHLning qur’asi haqida

Barchasi yangi OCHLning qur’asi haqida

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi klublar turnirlari yangi mavsumi qur’asi uchun savatchalar tarkibini elon qildi. Elit OCHL «G‘arb» mintaqasida ishtirok etuvchi 12ta klub 2ta savatchaga bo‘lingan. Turnirdagi yagona jamoamiz - «Paxtakor» birinchi savatchada. Lekin ikki savatcha o‘rtasida uncha katta farq yo‘q. Barcha klublar har ikki savatchadagi raqiblar bilan 2 martadan o‘z maydoni va safarda o‘ynashi kerak.

Umuman olganda, qur’a mexanizmiga ko‘ra, 12ta ishtirokchi 4tadan jamoani o‘z ichiga olgan 3ta kichik guruhga bo‘linadi. 1ta kichik guruhga tushgan klublar bir-biri bilan o‘ynamaydi. Tabiiyki, kichik kvartetga 1ta mamlakat vakillari kirishadi. Ya’ni taxmin qilish mumkinki, kichik guruhlardan birida Saudiya Arabistonining 3ta klubi joy oladi va ular qatoriga «Paxtakor» yoki «Al-SHorta» qo‘shiladi. Bu o‘rinda «pley-off»dan qaysi jamoa chiqishi muhimdir.  Chunonchi, yana bir mamlakat jamoalari soni 3taga yetadi. Shu tariqa o‘sha mamlakat vakillari ham 1ta mini-guruhga tushadi, unga yana «Paxtakor» yoki «Al-SHorta» kiradi. Jamoalari «pley-off»dan chiqolmagan ikki mamlakat vakillari esa uchinchi kichik guruhga joylashadi.

ELIT OCHL («G‘ARB»)

Birinchi savatcha

«Al-Ayn» (BAA)

«Al-Hilol» (S.Arabistoni)

«Al-Sadd» (Qatar)

«Persepolis» (Eron)

«Paxtakor» (O‘zbekiston)

«Al-SHorta» (Iroq)

Ikkinchi savatcha

«Al-Nasr» (S.Arabistoni)

«Al-Rayyan» (Qatar)

«Istiqlol» (Eron)

«Al-Vasl» (BAA)

«Al-Ahli Al-SHabab» (BAA)

«Pley-off» g‘olibi

OCHL-2 qur’asi uchun savatchalar tarkibi ham ma’lum. Bir qarashda, hammasi oddiy va tushunarli. «Nasaf» - ikkinchi savatchada. «Istiqlol» uchinchi, «Ravshan» va «pley-off» g‘oliblari esa to‘rtinchisavatchada. Tojikistonning «Istiqlol» va «Ravshan» klublari 1ta guruhga tushmaydi, ammo «Nasaf» bilan guruhdosh bo‘lishi mumkin. Qur’a tashlash marosimi 16 avgust kuni Malayziyada bo‘lib o‘tadi. 

OCHL-2 («G‘ARB»)

Birinchi savatcha

Elit OCHL «pley-off»-1 mag‘lubi

Elit OCHL «pley-off»-2 mag‘lubi

«Al-Tavon» (S.Arabistoni)

«Al-Vakra» (Qatar)

Ikkinchi savatcha

«Traktorsozi» (Eron)

«Al-SHarja» (BAA)

«Nasaf» (O‘zbekiston)

«Al-Quva Al-Javiya» (Iroq)

Uchinchi savatcha

«Al-Husayn» (Iordaniya)

«Istiqlol» (Tojikiston)

«Moxun Bagan» (Hindiston)

«Al-Haldiya» (Bahrayn)

To‘rtinchi savatcha

«Al-Vihdat» (Iordaniya)

«Ravshan» (Tojikiston)

OCHL-2 «pley-off»-1 g‘olibi

OCHL-2 «pley-off»-2 g‘olibi

* Guruh bosqichi 8ta turni o‘z ichiga oladi - har bir klub o‘z maydoni va safarda 4tadan o‘yin o‘tkazadi. O‘z maydoni va safardagi 2tadan o‘yin birinchi savatcha jamoalarga qarshi. Qolgan 2tadan o‘yin (o‘z maydoni va safarda) ikkinchi savatchadan joy olgan jamoalar bilan.

* Jamoalar guruh bosqichida muayyan raqib bilan 1 martadan ortiq to‘qnash kelmaydi: uyda yoki mehmonda yagona o‘yin. Ayrim klublar bir-biri bilan umuman o‘ynamaydi.

* Qur’a tashlashda 12ta jamoa 3ta kichik guruhga bo‘linadi - «A», «V» va «C».

* Birinchi savatdan joy olgan jamoalar kichik guruhlarda 1-2-raqam ostida bo‘ladi. Ikkinchi savatcha jamoalari esa 3-4-raqamni oladi.

* Bitta kichik guruh vakilari va 1ta mamlakat jamoalari bir-biriga qarshi o‘ynamaydi.

* Qur’a jarayoni birinchi savatchadan boshlanadi. Unda 6ta mamlakatdan 6ta jamoa qatnashadi. Ya’ni 6ta klub 3ta kichik guruhga bo‘linadi. Ammo qur’a butunlay «ko‘r» hisoblanmaydi. Zero, «mamlakatlar himoyasi» tamoyili bor. Deylik, Saudiyaning «Al-Nasr» va «Al-Ahli» klublari «Al-Hilol» bilan 1ta kichik guruhga tushishi aniq. Bitta bo‘sh joyni esa turnirda 1ta klubi bor mamlakat vakiili egallashi mumkin. Bunday mamlakatlar esa 2ta - O‘zbekiston va Iroq. Qolgan

* 3ta mamlakat - Qatar, Eron va BAA hozirda 2tadan jamoaga ega. Bu mamlakatlarning 1tadan klubi «pley-off»da ishtirok etishini hisobga olsak, qaysidir biri guruh bosqichida 3ta vakilga ega bo‘ladi. Shu asnoda yana bir kichik guruh 1ta mamlakatning 3ta klubini o‘z ichiga oladi va unga ham «Paxtakor» yoki «Al-SHorta» qo‘shiladi. 

* «Pley-off»da jamoalari yengilgan 2ta mamlakat vakillari uchinchi kichik guruhdan joy oladi.

Endi taqvim haqida. Jamoa qaysi jamoalar bilan o‘z maydoni va safarda o‘ynashi haqida tasavvur hosil qilish uchun taqvim formulasiga qarash kerak. Masalan, «A»-1 jamoasi «V»-1, «C»-2, «V»-3 va «C»-4 bilan o‘z maydonida, «C-1», «V»-2, «C»-3 va «V»-4 bilan esa safarda o‘ynaydi.

Alisher NIKIMBAYEV («Futbolium»)

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:54, 13.08.2024.
O'qildi: 3753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.