Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Fikayo Tomori: «Milan» butkul o‘zgardi»

Fikayo Tomori: «Milan» butkul o‘zgardi»

Baho:
+ | -

«Milan» joriy yilgi AQSH safarini juda zo‘r boshladi.

Har holda, «rossonerlar» Chempionlar turnesida «Manchester Siti» va «Real»dek bugungi kun gigantlarini mag‘lubiyatga uchratishdi. Ushbu o‘yinlarda jamoaning markaziy himoyachisi Fikayo Tomori o‘ta faol harakatlari bilan alohida ajralib turdi. U okean ortiga yo‘l olish arafasida Milan shahrida klubning yangi rasmiy do‘koni ochilish marosimida qatnashgandi. Jurnalistlar esa bunday imkoniyatdan joyida foydalanib, Tomoriga bir qator dolzarb savollar bilan murojaat qilishgandi.

- Fikayo, aytingchi, «Milan» Fonseka qo‘l ostida nechog‘li o‘zgardi?

- Ha, o‘zgarish ko‘lami juda katta. Shubhasiz, barchasiga yangi murabbiy sababchidir. Bemalol aytishim mumkin: hozir bizda yangi g‘oyalar yetarli, ichki muhit ham zo‘r. Muhimi, mashg‘ulotlarda qattiq ishlayapmiz, yigitlarda katta ishtiyoq shundoq sezilib turibdi.

- Tushunarliki, muxlislar jamoadan skudetto so‘rashmoqda...

- Biz ham oliy sovrin yutishni xohlaymiz, albatta. Mana, yangi do‘kon ishga tushirildi, bu nafaqat muxlislar, balki futbolchilar uchun ham ajoyib yangilikdir. Chunonchi, jamoa atributlarini sotib olishni xohlaydigan muxlislar ko‘pligini yaxshi bilamiz. Endi do‘kon faoliyati bir maromda davom etishi uchun maydonda nimalarga qodirligimizni ko‘rsatishimiz kerak. Agar chiroyli o‘ynash asnosida yaxshi natijalar qayd etaversak, do‘kon hamisha gavjum bo‘lishi aniq.

- Milanda «Morata kuni» nishonlanmoqda. Alvaro haqida qanday fikr bildira olasiz?

- U bilan «Chelsi»da birga o‘ynaganman va qanday fazilatlarga egaligini yaxshi bilaman. Morata - bu tezlik, kuch va gol sezish qobiliyati. Bir so‘z bilan aytganda, ayni bizga kerak hujumchi. Ha, hozir «A» seriya startini intiq holda kutyapmiz. Umuman, Moratadek ijrochini jamoamizda ko‘rishdan baxtiyorman.

- Xo‘sh, Alvaro Morata tajriba nuqtai nazaridan Olivye Jiru o‘rnini bosa oladimi?

- Shundan umidvormiz, albatta. Aslida Morata boshqacha uslubda o‘ynaydigan futbolchi. Xususiyatlari ham o‘zgacha. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, uning jamoaga yetarlicha yordam bera olishiga ishonaman.

- Jamoaga yangi bosh murabbiy keldi. Aytingchi, Fonseka futbolchilar oldiga asosan qanday talablar qo‘ymoqda? Klubning maqsadi nima...? 

- Hozirda yangi mavsum haqida ko‘p gapirish noo‘rin. Chunki yigitlar Yevro-2024dagi o‘yinlardan keyin endi safga qo‘shilishdi. Takrorlayman, kundan-kunga qattiqroq ishlayapmiz, yangi murabbiyning g‘oyalari ma’qul kelmoqda. Qisqasi, o‘tgan mavsumdagi natijani yaxshilash qo‘limdan kelsa kerak. Ha, mashg‘ulotlarda ko‘p yuguryapmiz, yetarlicha ter to‘kyapmiz, lekin bu o‘zimizga yaxshi.

- «Milan» nazarida turgan hujumchi Temmi Abraxam bilan uchrashibsiz, nimalar haqida gaplashdinglar?

- U bilan birga hordiq chiqardik, lekin futbol haqida gaplashmadik. Shunchaki, umumiy mavzularda chaqchaqlashdik, xolos.

- Teo, Leau va Menyanning klubda qolishlariga ishonchingiz komilmi?

- Gap «Milan»ga katta yordam bera oladigan ajoyib futbolchilar haqida ketmoqda. Ibragimovich ular hech qayerga ketmasliklarini aytdimi, demak, xavotirlanishga sabab yo‘q.

- Umuman, o‘tgan yillarga nisbatan olganda, eng sezilarli o‘zgarish qaysi yo‘nalishda kuzatilmoqda?

- Hozirga qadar raqibga bosim yuklash, hujumga o‘tish, himoyada tartibli o‘yin qurish ustida ko‘p ishladik. Endi AQSHda bir nechta sifatli o‘yinlarda maydonga tushamiz. Ularga qarab, to‘p bilan intensivlik, umumiy harakat yo‘nalishini qanday yaxshilash mumkinligini tushunib olishimiz kerak.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:49, 14.08.2024.
O'qildi: 1013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.