Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

UYEFAga yetadigani yo‘q!

UYEFAga yetadigani yo‘q!

Baho:
+ | -

2024 yil jahon futbolida o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Ha, bu yilgi taqvimda JCH yo‘q, lekin qit’alar miqyosida terma jamoalarning bosh turnirlari bor edi. Mana, yaqinda Yevropa va Janubiy Amerika chempio­natlari ham yakuniga yetdi. «SE» nashri shu bahona jahon milliy jamoalarining daromad reytingini tuzib chiqdi. Alohida aytish kerak, mukofot jamg‘armasi masalasida UYEFA boshqa konfederasiyalardan yaqqol oldinda.

Futbol tarixida noyob yil

Joriy yil boshida Osiyo va Afrikada qoldirilgan qit’a chempionatlari o‘tkazildi. Turnirlar rasmiy ravishda tarixga OK-2023 va AMK-2023 nomlari ostida kirdi. Har ikki musobaqa turli sabablar tufayli 2024 yil boshiga ko‘chirilgandi. Yaqinda esa Germaniya Yevro-2024 va AQSH Amerika kubogi-2024ga mezbonlik qildi. KONBEMOL turniri aslida Ekvadorda tashkillashtirilishi kerak edi, biroq ehtimoliy mezbon mamlakatdan ariza tushmadi. Natijada Janubiy Amerika futboli KONKAKAF tomonidan 2016 yilgi tajribani takrorlash bo‘yicha ilgari surilgan taklifni qabul qildi. Shu tariqa KONMEBOLning 10ta milliy jamoasi va KONKAKAFning eng kuchli 6ta vakili AQSHda yagona kubok uchun kurashdi. Shuningdek, iyun oyida Okeaniya Millatlar kubogi o‘yinlari bo‘ldi va unda Yangi Zelandiya termasi hech qanday to‘siqsiz yana g‘alaba qozondi. Xullas, 6 oy ichida birgina KONKAKAFdan tashqari, barcha konfederasiyalar miqyosida eng kuchli milliy jamoalar aniqlandi. Aytish kerak, bunaqasi futbol tarixida birinchi marta kuzatildi. Chunonchi, oldin Yevropa, Osiyo va Afrika chempionatlari juft yillarga  to‘g‘ri kelsa, okean ortidagi musobaqalar ko‘pincha toq yillarda o‘tkazilardi. Xullas, 2024 yil turli konfederasiyalarning bosh turnirlarini o‘z ichiga olgani bilan noyobdir. Endi tahlil uchun olingan mavzuga kelsak, UYEFA moliyaviy imkoniyat nuqtai nazaridan qolgan barcha konfederasiyalarni yaqqol ortda qoldiriyotganini yana bir bora isbotladi. Yevropa futbol ushmasi hozirgi holatida hattoki, FIFAga ham raqobat tug‘dira oladi mukofot jamg‘armasi masalasida.

Yevropa chempionati mukofot  jamg‘armasi - «kosmos»

UYEFA Yevro-2024dan 1,76 milliard yevro miqdorida daromad kutgandi. Umumiy summadan 80 foizi esa tashkilot a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi - aniq miqdor yakuniy natijalarga bog‘liq, albatta. Qolaversa, Yevropa chempionati ishtirokchilariga 331 million yevroga teng alohida mukofot jamg‘armasi ajratilgandi. Qisqasi, Yevropada qit’a chempionatidan chetda qolgan terma jamoalar ham kafolatlangan bonusga ega chiqadi, baribir. Taqqoslash uchun, boshqa barcha qit’alar turnirlarining umumiy mukofot jamg‘armasi 108,33 million dollar- (99 million yevrodan ko‘proq)ni tashkil qildi. Shundan 66,5 foizi Amerika kubogi hissasiga to‘g‘ri keladi. Darvoqe, agar Amerika kubogi-2024 KONMEBOL hududida o‘tkazilganida, milliy terma jamoalar ancha kam pul olardi.

Umuman, UYEFA mukofot jamg‘armasi taqsimotida imkon qadar tenglik tamoyiliga amal qilmoqda. Deylik, Yevro-2024ning 24ta ishtirokchisiga faqat ishtirok uchun 9,25 million yevrodan ajratildi. Kafolatlangan mukofot pulining umumiy miqdori 222 million yevro bo‘lib, bu jamg‘armaning deyarli 70 foiziga tengdir. Boshqa konfederasiyalarda esa asosiy ulush chempionatning eng kuchli jamoalariga tegadi. Lekin tushunish kerak, Yevropadan tashqarida bundan boshqa iloj ham yo‘q. Deylik, KONBEMOL yoki OFK ham katta mukofot jamg‘armasi shakllantirish imkoniyatini topganida, ehtimolki, pulni UYEFA modeliga o‘xshash formula asosida taqsimlardi. Xullas, hozircha «ko‘hna qit’a»dan tashqari, boshqa o‘lkalarda eng yaxshi jamoalarni mahalliy standartlar bo‘yicha rag‘batlashtirish - eng maqbul yo‘l. Ammo masalaning yana bir tomoni borki, Afrika va Osiyo chempionlari hattoki, Yevropa birinchiligi autsayderlaridan ham ancha kam mukofot olishadi. Misol uchun, Amerika kubogida ham bonusning bir qismi ishtirokchilar o‘rtasida teng taqsimlanadi - bu yil 16ta jamoaning har biri KONMEBOLdan 2 million dollar oldi. Jami 32 «limon» esa turnir sovrin jamg‘armasining 44 foiziga tengdir. Xullas, KONMEBOL bu borada UYEFA (9,25 million yevro yoxud 10,12 million dollar)dan hali ancha orqada.

Mukofot puli miqdori bo‘yicha reyting

Xo‘sh, jahon milliy jamoalari 2024 yili aynan qanchadan mukofot puli oldi? OAV ma’lumotlari asosida tuzilgan yaxlit reyting­ga qarab, bu borada aniq tushuncha hosil qilish mumkin. Alohida ta’kidlash kerak, konfederasiyalar mukofot pulini bevosita terma jamoalarga emas, balki milliy assosiasiyalarga beradi. Faqat miqdor qancha bo‘lishi ko‘pincha terma jamoalar natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Mahalliy futbol ma’muriyatlari esa odatda mukofot pulini qanday ishlatishni mustaqil hal qiladi. Oddiy aytganda, yirik turnirlardan tushgan mukofot pulini aynan terma jamoaga yo‘naltirish shart emas. Har holda, konfederasiyalar assosiasiyalar oldiga bunday talab qo‘ymaydi. UYEFAning moliyaviy qudratini tushunish uchun reytingdagi dastlabki 25ta jamoaga nazar solish kifoya. Qarang, top-25da Yevropa chempionatining barcha 24ta ishtirokchisi hamda Amerika kubogi g‘olibi Argentina termasi bor. Qulaylik uchun barcha jamoalar daromadi yevroda ko‘rsatilgan (mukofot puli joriy kurs bo‘yicha konvertasiya qilingan).

Demak, 2024 yili eng katta ulushga ega bo‘lgan jamoa - bu Ispaniya termasi (28,25 mln. yevro). Bu Yevropa chempionati vositasida ishlash imkoni bo‘lgan maksimal summadir. Eslatma, «qizil furiya» Yevro-2024 doirasidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi. Shu o‘rinda yana bir ma’lumot, UYEFA boshqa konfederasiyalardan farqli o‘laroq, qit’a chempionati guruh bosqichidagi g‘alabalar uchun ham mukofot beradi. O‘z o‘rnida aytish kerak, UYEFA Kongressi aslida 2018 yili Yevro-2020 mukofot puli hajmi oshirilishini ma’lum qilgandi. Biroq amalda umumiy «xirmon» o‘zgarmadi - 331 mln. yevro (xuddi Yevro-2024niki kabi). Ehtimol, jamg‘armaning oshirishga turnir 2021 yilga ko‘chirilgani tto‘sqinlik qilgandir.

Argentina termasi Amerika kubogi-2024da 18 million dollar ishladi. Ishtirok etish uchun 2 «limon» va chempionlik ortidan 16 «limon». Qarang, Braziliya milliy jamoasi top-25dan chetda. «SE» hisob-kitoblariga ko‘ra, «pentakampeonlar» AQSH turniridagi ishtirok ortidan atigi 4 million dollar (3,66 million yevro) olishgan. Taqqoslash uchun, bu Gruziya milliy jamoasi Yevro-2024 ortidan o‘zlashtirgan mablag‘dan 3 baravar kam. Ilgari bunday nisbatni tasavvur qilish ham kulgi qistatardi. Joriy yil qit’a turnirlarida jami 76ta milliy jamoa mukofot puli olganini ham aytish o‘rinli. Jumladan, Osiyo kubogi-2023 yarim finaliga chiqolmagan 20ta jamoaga 200 ming dollardan berilgan. Okeaniya chempionati bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q, lekin jamoalar ulushi 200 ming yevrodan oshganiga ishonish qiyin. Har holda, Okeaniya CHL g‘olibi 175 ming yevro oladi. 

Darvoqe, endi Yevropada Millatlar ligasi-2024|2025 boshlanadi. Bu turnirda ham ishtirok va g‘alabalar uchun mukofot puli mavjud. To‘g‘ri, UYEFA hali bonuslar miqdorini e’lon qilmadi, lekin avvalgi turnirlar chempionlari 10,5 million yevrodan olishgani ma’lum. Yevropadan tashqarida esa, bunday mukofotni faqat orzu qilish mumkin. Yana bir ma’lumot: Qatar-2022 mundiali sovrin jamg‘armasi 440 million dollar (404 million yevro)ni tashkil etgan. Biroq har bir ishtirokchiga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha mablag‘ Yevro-2024 ko‘rsatkichidan past. Raqamlarda aytsak, JCH-2022da 32ta jamoaning har biriga o‘rtacha hisobda 12,63 «limon» tekkan bo‘lsa, Yevro-2024da 24ta ishtirokchiga 13,79 «limon»dan to‘g‘ri keldi. Qolaversa, Qatardagi turnirda guruhdan chiqolmagan jamoalar Yevro-2024 «pley-off» bosqichidan chetda qolganlarga nisbatan kamroq ulush oldi. JCH-2026 sovrin jamg‘armasi hali ma’lum emas, ammo summa sezilarli darajada oshishi dargumon. Qisqasi, faqat UYEFA Yevropa resurslaridan foydalangan holda, FIFAga jiddiy moliyaviy raqobat taqdim etmoqda.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:59, 16.08.2024.
O'qildi: 2172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.