Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Vadim Abramov: "Omad bizga kulib boqdi"

Vadim Abramov: "Omad bizga kulib boqdi"

Baho:
+ | -

Superligada 16-tur bahslari davom ettirildi. Samarqandning "Dinamo" klubi bu tur o‘z maydonida OKMKni qabul qildi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov matubot anjumanida ishtirok etdi.

G‘alaba qozonish doim yoqimli, biroq uchrashuvni yomon boshlaganimizni ta’kidlash shart. Yigitlarga oxirigacha jang qilishgani uchun tashakkur aytaman. Murabbiylar uchun og‘ir o‘yin bo‘ldi. Yakunda ikki jamoa ham gol kiritib g‘alaba qozonishni istadi, biroq omad bizga kulib boqdi. Nega penaltini bekor qilishganini bilmadim. Muxlislarga bugungi atmosfera uchun minnatdorchilik bildiraman.

Bu mavsumda 3 marotaba kambekni amalga oshirdinglar. Juda yuqori temp bo‘ldi. Neftchi bilan bahsda esa...

Farg‘onada biz yomon emas, noto‘g‘ri o‘ynadik. Ayniqsa, chetlatish sodir bo‘lgach biz o‘yinni to‘g‘ri qura olmadik. Bo‘shashgagandek bo‘ldik. Erta g‘alaba qozongandek his qildik o‘zimizni. Bugun ham yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik penalti ortidan. Bugun raqib ochiq futbol o‘ynagan bo‘lsa, Farg‘onada raqib himoyaga qaytib olgan edi.

Siz birinchi bo‘limni o‘zida o‘zgarish qilsangiz, o‘sha o‘yinda hech narsa o‘xshamagandek tuyuladi...

Buni doim amalga oshiraman deb ayta olmayman. Menimcha, Samarqandga endi kelgan davrlarimdan kelib chiqib aytyapsiz. O‘tgan bellashuvdan kelib chiqsak, raqib bir kishi kam bo‘lib qoldi. O‘yin rejasi bellashuv avvalida boshqacha edi. Vaziyatga moslashish uchun keraksiz futbolchini almashtirdik. Balki, bu omadsiz o‘zgarishlar bo‘lgandir. Ba’zan, himoyachilarimizning qaror qabul qilishini ko‘rib hayron qolaman. Ularga hammasini tushuntiramiz va futbolchi nega bunday o‘ynaganini o‘zi ham tushunmaydi. Bugungi birinchi gol so‘zimga isbot bo‘lishi mumkin.

Braziliyalik legionerning debyuti haqida fikringiz qanday?

Braziliyaliklarda adaptasiya sekin o‘tadi. Umid qilamizki, u o‘zini yana ham yaxshi ko‘rsatadi. Birinchi o‘yin uchun yomon emas. Boshqa braziliyalik futbolchimiz bugun maydonda yaxshiroq ko‘rindi.

Darvozaga qo‘yilgan 2 ta penalti ko‘p emasmi? O‘rozovdan ko‘p narsa kutilgan edi, ammo u og‘irroq harakat qilmoqda?!

O‘rozov bugun kechki soat 17:00 da jamoamiz safiga kelib qo‘shildi. U kecha uylangan edi. To‘yni ertasi kuniyoq maydonga tushdi. Bugun bizda himoyachi yo‘qligi uchun uni maydonga tashladik. U tayyor emasligi aniq edi. Ertaga o‘rinbosarlar tarkibida maydonga tushadi va jismoniy xolatini yaxshilab oladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:15, 17.08.2024.
O'qildi: 670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.