Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" nima uchun Gyundoganni sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

"Barselona" nima uchun Gyundoganni sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Ilkay Gyundogan ehtiyot chorasi sifatida shanba kungi “Valensiya”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Shu bilan birga, nemis futbolchisi yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar "Barselona"ni tark etishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" Gyundogan bilan xayrlashishga tayyor. Buning asosiy sababi nemisning yuqori maoshi. Yarim himoyachining mavsumiy maoshi 15 million yevroni tashkil etadi va bu summani balansdan kesib o‘tsa, Dani Olmoni bemalol ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

Ikkinchi jihat shundaki, Ilkay Gyundogan endi yarim himoyada u qadar muhim o‘yinchi bo‘lmaydi. Dani Olmo kelganidan so‘ng, nemis futbolchisi kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, 33 yoshli Gyundoganning o‘zi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan shartnomani bajarishga ahd qilgani ta’kidlangan.

Kiritildi: 17:01, 18.08.2024.
O'qildi: 4502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик