Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

To‘lqin Qilichev o‘zbek bokschilarining sirini ma’lum qildi

To‘lqin Qilichev o‘zbek bokschilarining sirini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘z shogirdlarining Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki haqida fikr bildirdi.

“G‘alabalar siri nimada? Menimcha, bu hamjihatlikda. Biz kecha-yu kunduz, har kuni ishladik. Har bir sportchiga alohida murabbiy taklif qildik. Xato qilishga haqimiz yo‘q edi. Agar muvaffaqiyat ildiziga qarasak, e’tibor yuqoridan, prezidentdan bo‘ldi. Biz so‘ragan hamma narsani tayyorlab berishdi.

Men esa har bir murabbiy o‘z ishini bajarishi uchun reja tuzdim. Misol uchun, men kubalik murabbiyga maydondagi kechki mashg‘ulot uning ishi ekani, kardio murabbiyiga kunduzgi mashg‘ulotga u javob berishini aytdim. Har bir murabbiy chin yurakdan ishladi. Ular o‘z ishini yuqori saviyada bajardi. Men murabbiylarning har birini nazorat qildim.

Yigitlarga ham ishonchim komil edi: bizda o‘zbekcha mentalitet, urf-odatlar – hammasi saqlanib qolgan. Biz vatanimiz uchun, qarindoshlarimiz uchun, oilamiz uchun har narsaga tayyormiz. Yigitlar borini berishdi. Mashg‘ulotlardan o‘zim rohatlandim”, dedi Qilichev “Viktor Yalymovning boks studiyasi” Youtube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Olimpiadada o‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hasanboy Do‘stmatov (51 kilogrammgacha), Abdumalik Halokov (57), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (71), Lazizbek Mullajonov (92) va Bahodir Jalolov (92+) musobaqada shohsupaning eng yuqori o‘rnidan joy egalladi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 17:35, 19.08.2024.
O'qildi: 2240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик