Rahim Sterling “Chelsi”ni tark etmoqchi.
The Athletic xabariga ko‘ra, yarim himoyachi "Chelsi"ning kelajakdagi rejalariga kiritilmagani aniq bo‘lgach, klubga o‘z xohishi haqida ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Sterling ijaradan ko‘ra doimiy transferni afzal ko‘radi.
Sterling va "Chelsi" yaqin kunlarda muzokara o‘tkazishi va vingerning faoliyatini davom ettirish imkoniyatlarini o‘rganishni boshlashi kutilmoqda.
Oldinroq "ko‘klar" bosh murabbiyi Enso Mareska Sterling bilan hisoblashmasligini aytgandi.