Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Noyer: "Ongim bilan yuragim o‘rtasida arosatda qoldim"

Noyer: "Ongim bilan yuragim o‘rtasida arosatda qoldim"

Baho:
+ | -

Manuel Noyer Germaniya terma jamoasini tark etishga qaror qilgani haqida gapirdi. 38 yoshli darvozabon avvalroq terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarorini ma’lum qilgandi.

“Hurmatli Germaniya, endi terma jamoadagi faoliyatimni yakunlaganimdan keyin Instagram'dagi postimdan biroz ko‘proq narsani yozmoqchiman.

Men sizga Germaniya men uchun nimani anglatishini tushuntirmoqchiman. Futbol men uchun nimani anglatadi?

Chunki, ochig‘i, bu qaror qiyin bo‘ldi. Men ongim bilan yuragim o‘rtasida arosatda qoldim. Ammo oilam bilan gaplashganimdan so‘ng, o‘zimni kerakli vaqtda ketayotgandek his qilyapman.

Yevroda g‘alaba qozonish orqali terma bilan xayrlashishni istardim, lekin... 18 oy oldin men yana futbol o‘ynay olamanmi, deb o‘ylagandim.

Avvaliga oyog‘imni sindirganimda, bu unchalik jiddiy ish emas, deb o‘yladim. Vertolyot meni olib ketadi, shifokorlar o‘z ishlarini qilishadi, men esa maydonga qaytaman.

Ammo men kasalxonaga borganimda, bu oddiy sinish emasligi aniq bo‘ldi. Futbolchi sifatida kelajagim shubha ostida edi.

Men qo‘rqib ketdim. Menimcha, hamma bundan qo‘rqib ketadi.

Men faxrlanadigan narsa shundaki, men hech qachon taslim bo‘lmaganman.Kurashni davom ettirdim. Oilam, do‘stlarim va jamoadoshlarim yordamida 2023-yil oktyabr oyida, Yevroga yetti oydan kamroq vaqt qolganida maydonga qaytdim.

Turnir uchun jamoaga jalb qilinganimda, bu hayotimdagi eng muhim yutuqlardan biri bo‘ldi”, deb yozadi “Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer.

Kiritildi: 20:04, 23.08.2024.
O'qildi: 830 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик