Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Vadim Abramov: «O‘zimizga muammo yaratib, qahramonlarcha g‘alaba qozondik»

Vadim Abramov: «O‘zimizga muammo yaratib, qahramonlarcha g‘alaba qozondik»

Baho:
+ | -

«Metallurg» - «Dinamo» (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Vadim Abramov o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Tabrik uchun rahmat! G‘alati vaziyat, o‘z-o‘zimizga muammolar yaratyapmiz. Birinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik va hisobda ustunlik bilan chiqdik. Ikkinchi bo‘limda faqat to‘g‘ri o‘ynashimiz kifoya edi. Biroq biz o‘zimizga muammo yaratdik va vaziyatni qiyinlashtirdik. Yakunda qahramonlarga o‘xshab, g‘alabani kurashib saqlab qoldik. Shunga qaramay, yigitlarga oxirigacha kurashgani uchun rahmat deyman.

— Birinchi davradagi o‘yinda ham chetlatish kuzatilgan va «Dinamo» kambek qilib, g‘alabani ilib ketgandi...
— Ha, o‘sha o‘yinga o‘xshab ketdi. Bugun qanday jamoaga qarshi to‘p surayotganimizni bilardik va qiyin g‘alabaga erishdik.

— Ravshan Yagudinning oddiy vaziyatda qizil kartochka olib maydonni tark etishi tushunarsiz va futbolda unikal hodisa bo‘ldi...
— Bilmadim, hakamdan so‘raganimda u «darvozabon to‘pni darhol tepib yuborganida sariq kartochka bo‘lardi, ammo u hujumchi kelishini kutdi va keyin to‘pni tepib yubordi», dedi.

Ehtimol, u to‘pni darhol tepib yuborganida hech kim bu vaziyatga e’tibor qaratmasdi, balki. Ochig‘i, vaziyatni bir ko‘rishda uncha tushunmadim, bu men uchun tushunarsiz bo‘ldi. Yangi qoidalar ko‘payib ketgandek... Yaxshiyamki, o‘sha vaziyatda penalti belgilanmadi. Vaziyat qanday talqin qilinayotgani tushunarli emas, — deydi Vadim Karlenovich.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:28, 23.08.2024.
O'qildi: 1342 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.