Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Abu Dhabi Chess Festival-2024. Nodirbek Yakubboyev chempion bo‘lib, Shamsiddin Vohidov 3-o‘rinni egallab, ancha pul ishlab olishdi

Abu Dhabi Chess Festival-2024. Nodirbek Yakubboyev chempion bo‘lib, Shamsiddin Vohidov 3-o‘rinni egallab, ancha pul ishlab olishdi

Baho:
+ | -

BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tdi.

Mukofot jamg‘armasi 63 600 AQSH dollarini tashkil etuvchi Abu Dhabi Chess Festival 2024 turnirining Masters guruhida 11 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchilar ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. Kecha, 23 avgust kuni o‘tkazilgan 8-turdan so‘ng musobaqa jadvalida Nodirbek Yakubboyev (2665) va Shamsiddin Vohidov (2643) 6,5 ochko bilan yetakchilikni egallab turgan edi.

8-turda Nodirbek Yakubboyev oq donalarda braziliyalik Luis Paolo Supi (2571)ni mag‘lubiyatga uchratdi. Vohidov esa ketma-ket beshta g‘alabadan keyin ochko yo‘qotdi. Shamsiddin oq donalarda hindistonlik Raunak Sadhvani (2653) bilan durang o‘ynadi.

Bugungi hal qiluvchi bahslarda Nodirbek Yakubboyev Hindiston vakili Leon Lyuk Mendonka bilan durang o‘ynadi, Shamsiddin Vohidov ham David Paravyan bilan durang qayd etdi. Vaholanki, Vohidov asosiy raqibiga qarshi bahs so‘ngida g‘alabaga juda yaqin turgandi. Ammo birgina noaniq yurish tufayli hamyurtimiz g‘alabani va musobaqa chempionligini qo‘ldan chiqardi.

Shu tariqa 9 turdan keyin 6 shaxmatchi bir xil—7 ochkodan to‘pladi. Qo‘shimcha koeffisiyentlar evaziga Nodirbek Yakubboyev musobaqa chempionligini, Shamsiddin Vohidov esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.



Nodirbek Yakubboyev musobaqa g‘olibligi bilan bir qatorda 30 ming AQSH dollariga, Shamsiddin Vohidov esa 8000 AQSH dollariga ega chiqdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:17, 24.08.2024.
O'qildi: 3196 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик