Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/12 00:45 Monsa 1-2 Udineze
10/12 01:00 Vest Xem 2-1 Vulverhempton
10/12 01:00 Xetafe 1-0 Espanyol

Ro‘ziqul Berdiyev: "Andijon" bugun o‘ziga o‘xshamadi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Andijon" bugun o‘ziga o‘xshamadi"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Superligada 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Nasaf" klubi bu tur o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi golimiz raqibning rejasiga ta’sir qildi. Tezkor gol juda muhim. Bugungi o‘yinda yigitlar sovuqqon harakat qildi. Barcha jabhada e’tiborli bo‘ldik. O‘yinni va natijani nazorat qildik. Biz ikkinchi bahsdirki, uyda qizil kartochka olyapmiz. Bu xafa qiladi. O‘rtadagi tanaffusdan unumli foydalanamiz. Keyingi bellashuvlarga e’tibor qaratamiz.

Taqvimga nazar tashlasak, "Nasaf" avval "Navbahor" va keyin Quvayt klubi bilan kurash olib boradi. Tanaffusda jamoaning o‘yinini yo‘qotib qo‘yishiga qarshi nima qilmoqchisiz?

Bunga hozir e’tibor qaratyapmiz. Avval kuzatilgan xolat bu. Mashg‘ulot jarayonlaridagi ayrim narsalarni o‘zgartirdik. Bundan avvalgi tanaffusdan yaxshi chiqdik. Oldin u qadar e’tibor qaratmaganmiz. Endi, bu ichki sirimiz. Keyingi tanaffusdan so‘ng o‘yinga optimal formada olib kelishga intilamiz. Jamoamizning jismoniy xolati a’lo darajada. Juda muhim narsa bo‘lgani bois, mavsumdagi qolgan uchrashuvlarga jiddiy yondashamiz.

Mana shu ssenariyni boshqa jamoalarga ham qo‘llashning imkoni yo‘qmi?

Har doim ham tezkor gol urishning imkoni yo‘q. Raqib e’tiborli bo‘lganida, shoshilasiz, asabiylashasiz. Yigitlarga qanchalik ta’kidlamaylik, imkoni yo‘q. Ruhan futbolchilar bunga tayyor bo‘lishi kerak. Reja amalga oshmasa, shoshilmaslik kerak.

Asabiylashganimizda o‘yinlarimiz chiqmaganini ham bir necha marotaba ko‘rganmiz. Hozir, shu masalada yigitlar bilan ishlayapmiz.

Bobur ko‘proq qanotda harakat qilmoqda. Balki, markazda foydasi ko‘proq tegar?

U birinchi bo‘limda hammasini a’lo darajada uddaladi. Dastlabki golda ham deyarli hamma ishni u qildi. Abduxoliqovga nimalarga e’tibor qilishni ta’kidlagan edik. U hujumchi va doim markazda o‘zini yaxshi his qilishini aytamiz. Yodingizda bo‘lsa, Akmal Mozgovoydan markaziy himoyachi sifatida foydalandik. Futbolchilar uchun universallik muhim.

"Nasaf" hisobga o‘ynayaptimi? OCHLda boshqacha "Nasaf"ni ko‘ramizmi?

Har doim natija birinchi o‘ringa chiqadi. Ba’zan, yaxshi o‘ynaganimiz esdan chiqadi. Yomon o‘ynasak ham tablodagi hisob qoladi. Zamon futboli shunga qarab ketmoqda. Shunga e’tibor qaratganimiz rost, ammo muxlislarga yoqadigan yaxshi o‘yinni ko‘rsatishga harakat qilamiz.

"Andijon" bilan uch bor kuch sinashdingiz. Avvalgi to‘qnashuvlar bilan taqqoslaganda jamoada qanday o‘zgarish ko‘rdingiz. Kubokdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

Birinchi davradagi "Andijon"ning hozirgisi bilan farqi katta. Ruhiy, jismoniy va ishtiyoq masalasida "Andijon" o‘ziga o‘xshmadi. Futbolchilarda biroz pasayish bor. Birinchi davradagi agressiv futboli va jismoniy xolati oxirgi o‘yinlarda ko‘rinmayapti. Yarim finalga yetib kelgani bu tarixiy natija. Murabbiylarning mehnati bu. Omad tilaymiz keyingi uchrashuvlarda.

"Nasaf"ning yosh futbolchilariga qanday motivasiya bera olasiz?

Doim, ularni kuzatib boramiz. Agar o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatsa, biz imkon beramiz. Akademiyadagi o‘yinlarni doim kuzatib boraman. O‘rinbosarlar jamoasiga maslahatlashgan xolda jamoaga taklif etamiz. Ular tushinishi kerak, murabbiylar e’tiborida barchasi. O‘sish bo‘lsa, o‘zini ko‘rsatish futbolchiga oson bo‘lib qoldi. Mahorat va tajribamizni singdirib borishga tayyormiz.

Bobur sariq kartochkasi bor paytida o‘zgartirish rejasi bormidi?

Bilasizmi, Bobir bo‘lganda bu haqida o‘ylamaysiz. Undan qizil kartochka bo‘lish ehtimoli past. Biz umuman kutmay edik. Keyin, boshqa o‘zgartirishlar qilishga majbur bo‘ldik.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 07:48, 26.08.2024.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.