Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 15:00 Ulsan Xyonde 0-1 Kavasaki Frontale
18/09 17:00 Bangkok Yunayted 4-2 Tampines Rovers
18/09 17:00 Li Man 0-2 Tep Han Nam Din
18/09 17:00 Shangxay Port 2-2 Johor Dorul Ta'zim
18/09 17:30 Angola 2-7 Ukraina
18/09 17:30 Liviya 1-4 Qozog‘iston
18/09 19:00 Mohun Bagan 0-0 Ravshan
18/09 20:00 Argentina 2-1 Afg‘oniston
18/09 20:00 Ispaniya 7-1 Yangi Zelandiya
18/09 21:00 Al-Vakra 0-3 Traktor
18/09 21:00 Xolidiya 2-3 At-Ta'vun
18/09 21:00 Kuvayt SK 0-0 Nasaf
18/09 21:00 Shabab al-Ahli 3-1 Al-Hussayn
18/09 21:45 Bolonya 0-0 Shaxtyor
18/09 21:45 Sparta 3-0 Zalsburg
18/09 22:00 Betis 2-1 Xetafe
18/09 23:00 Al-Quva al-Javiya 2-1 Oltin Asr
18/09 23:59 Seltik 5-1 Slovan
18/09 23:59 Bryugge 0-3 Borussiya D
18/09 23:59 Manchester Siti 0-0 Inter
18/09 23:59 PSJ 1-0 Jirona
19/09 21:45 Feyenoord - Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda - Benfika
19/09 22:00 Leganes - Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako - Barselona
19/09 23:59 Atalanta - Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest - Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya

"Surxon" murabbiyi Stanislav Qudryashov ishi qo‘mitada ko‘rib chiqiladi

"Surxon" murabbiyi Stanislav Qudryashov ishi qo‘mitada ko‘rib chiqiladi

Baho:
+ | -

«Superliga va Proliga reglamenti»ning 16.31-bandida uchrashuv vaqtida texnik zonada klub rasmiylari orasidan faqatgina bosh murabbiyga futbolchilarga ko‘rsatma berish huquqi berilgan. 

Liga bunday qarorga noaniqliklar ko‘payib ketganidan so‘ng kelgan. Normal holatda klub bosh murabbiyi o‘ziga tegishli barcha majburiyatlarni amalga oshirishi lozim. Jumladan, o‘yin davomida futbolchilarga ko‘rsatma berishdan tortib, jamoa bilan bog‘liq OAV savollariga javob qaytarish shular jumlasiga kiradi. Liga va Assosiasiya o‘rtasidagi kelishuv asosida Superliga klubini boshqarayotgan mutaxassis tegishli lisenziyaga ega bo‘lishi shart. Ayrim holatlarda bosh murabbiydan o‘zga shaxsning uchrashuv davomida bir necha bor namoyon bo‘lishi futbol yaxlitligi masalasini shubha ostiga qo‘yadi. Shuningdek, OAV klub bilan bog‘liq savollarni barchasi uchun javobgar bo‘lgan mutaxassisga emas, de yure uning vazifasini bajarayotgan o‘zga mutaxassisga berishga majbur bo‘ladi. 

Pro lisenziyasi uchun o‘quv kurslarining kechikishi sabab Liga 2024 yilning 1 mart kuni Superliga klublariga rasmiy murojaat bilan chiqqan hamda klubda bosh murabbiy vazifasini de fakto ehtimoliy boshqa shaxs amalga oshirayotgan bo‘lsa, bu haqda rasmiy ma’lumot berishi evaziga Liga mazkur shaxsga texnik zonada erkin harakatlanish hamda matbuot anjumanlarida ishtirok etish huquqini taqdim etishini ma’lum qilgandi. Jumladan, "Lokomotiv" Yorqin Nazarov emas, Aleksandr Stoymirovichga shunday huquq berilishini so‘radi. "Bunyodkor" esa xorvatiyalik mutaxassis iste’foga chiqqach, bosh murabbiy vazifasini Anvar G‘ofurovga ishonib topshirdi, Liga ro‘yxatidan esa Sergey Arslonovni bosh murabbiy sifatida o‘tkazdi. 

"Surxon" Fevzi Davletovni bosh murabbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. Matbuot anjumanlarida ham aynan u ishtirok etib kelmoqda. Biroq "Surxon" ishtirokidagi so‘nggi uchrashuvlarda Davletovdan ko‘ra ko‘proq Stanislav Kudryashov futbolchilarga ko‘rsatma berayotgani Liga komissarlari bildirgisida aks etgan. Ogohlantirishlarga qaramay, Kudryashov reglament qoidalarini buzib kelayotgani uchun uning ishi tegishli qo‘mitaga oshiriladi. 

"Surxon" klubidan esa vaziyatga oydinlik kiritish so‘raladi. Mazkur holatda Liga klubning ichki ishlariga aralashmaydi, biroq rasmiy uchrashuv davomida reglament talablariga to‘liq rioya etish so‘raladi. Klubda de fakto bosh murabbiy Davletovdan o‘zga shaxs bo‘lsa, Liga bu haqda rasman xabardor etilishi va OAV ishtirokidagi matbuot anjumanlarida ham aynan o‘sha shaxs ishtirok etishi shart hisoblanadi.  

Ma’lumot uchun, joriy yilning sentyabr oyida Pro lisenziyasi uchun yangi o‘quv kursi start oladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:27, 26.08.2024.
O'qildi: 755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.