Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Sergey Lushchan: "Yarim finaldagi g‘alaba o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytaradi"

Sergey Lushchan: "Yarim finaldagi g‘alaba o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytaradi"

Baho:
+ | -

Superligada 17-tur bahslari davom ettirildi. "Navbahor" jamoasi bu tur safarda "Surxon" bilan kuch sinashdi va Siyavash Haqnazariyning yagona goli evaziga g‘alabaga erishdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin va natijadan ko‘nglim to‘ldi. Mening boshqaruvimda jamoa ilk bor darvozasidan gol olib chiqmadi va birinchi bo‘lib gol kiritdi.

Umid qilamizki, bu g‘alaba "Paxtakor" bilan o‘yin oldidan ruhiy dalda bo‘ladi?!

Albatta, hozir aynan biz ishlayotgan ikkinchi aspekt ruhiy xolat bilan bog‘liq. Futbolchilarimizning o‘yin darajasi raqiblarnikidan baland, biroq gol kiritishga kelganda oqsayapmiz. Nega ekanligini bilmayman. Vaholanki, mashg‘ulotlarda mo‘jiza ko‘rsatib tashlayapmiz. Yigitlar birinchi davrada keragidan ortiq o‘yinda ochko yo‘qotgani uchun cho‘chib qolgan. Chempionlik maqsadi qo‘yilgan jamoaga tashabbusga ega bo‘lgan xolda 7 ta durang o‘ynashi salbiy ta’sir qilgan. Mana shunday og‘ir uchrashuvlardan so‘ng barchada ruhiy holat yaxshilanib, o‘z kuchiga ishonch paydo bo‘lishni boshlaydi. Yarim finaldagi g‘alaba o‘zimizni yanada yaxshiroq his qilish imkonini beradi.

Bugun raqibni yaxshi o‘rganganingiz haqida aytingiz. Abdusalomovni zich zonada qoldirish ham rejada bormidi?

Takrorlayman, biz juda kichik detallargacha o‘rgandik. Bir hafta davomida aynan shu uchrashuv uchun tayyorgarlik ko‘rdik. Yaxshi jamoa shakllangan "Surxon"da. Biz ustunlikni topshirgan holda, ikkinchi raqamda o‘ynadik. Menimcha, natija adolatli bo‘ldi. Yakunda, hisobni kattalashtirishimiz ham mumkin edi. Raqibdan 100 foizlik imkoniyat bo‘lganini eslay olmayman. Yigitlar bugun mudofaada ishonchli o‘yin ko‘rsatdi.

Kiritildi: 04:56, 27.08.2024.
O'qildi: 1610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик