"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo "Rayo Valyekano" ustidan qozonilgan (2:1) g‘alaba haqida gapirdi. Dani o‘yinda hal qiluvchi golni kiritdi.
"Men bu daqiqalarni uzoq kutgandim, biz bu yerda anchadan buyon g‘alaba qozona olmayotgan edik, shu sababli juda ham hursandman", - deya 26 yoshli futbolchi so‘zlarini keltiradi Barca Times.