Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Superliga. 17-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Superliga. 17-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 27 avgust sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 17-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.


Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. "Metallurg" - "Dinamo" to‘qnashuvi: mehmonlarning goli.

"Metallurg" - "Dinamo" uchrashuvining 45+1-daqiqasida mehmonlar hisobni ochdi. Bosh hakam Nayim Qosimov o‘yindan tashqari holat qayd etilmaganini va gol toza urilganini qayd etdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mehmonlarning 9-raqamli hujumchisi o‘yindan tashqari holatda bo‘lgan. Ammo u to‘p uchun harakat qilmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan bosh hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

2-vaziyat. "Neftchi" - "Olimpik" qarama-qarshiligi: bahsli vaziyat.

"Neftchi" - "Olimpik" uchrashuvining 10-daqiqasida mehmonlar jarima maydoni ichida maydon egalarining 20-raqamli futbolchisi toshkentliklarning 18-raqamli futbolchisining qorin qismiga zarba berdi. Bosh hakam Ibrohim Ismoilov futbolchini og‘zaki ogohlantirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda farg‘onaliklar vakili raqibiga nisbatan atayin qo‘pol harakat qilgan. Mazkur holatda futbolchi sariq kartochka bilan jazolanishi kerak edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori noto‘g‘ri, deb topildi.

3-vaziyat. "Lokomotiv" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

"Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvining 51-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi. To‘p toshkentliklar jarima maydoniga uzatilgandan so‘ng u nominal mezbonlar vakilining qo‘liga tegdi. Bosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev dastlab uchrashuvni davom ettirdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachining qo‘li notabiiy holatda turibdi. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

4-vaziyat. "Nasaf" - "Andijon" qarama-qarshiligi: qizil kartochka.

"Nasaf" - "Andijon" uchrashuvining 76-daqiqasida mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi andijonliklarning 19-raqamli a’zosining oyog‘iga busasining tag qismi bilan zarba berdi. Bosh hakam Asker Najafaliyev futbolchiga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatdi va uni maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan atayin qo‘pollik ishlatgan. Bu kabi hollarda futbolchi ehtiyosizligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori noto‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

5-vaziyat: "Bunyodkor" - OKMK o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Bunyodkor" - OKMK uchrashuvining 59-daqiqasida nominal mezbonlar jarima zarbasiga ega bo‘ldi. To‘p jarima maydoniga uzatilgach, olmaliqliklarning 9-raqamli futbolchisi yelka qismiga tekkan. Bosh hakam Shavkat Nasibullayev bahsni davom ettirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mehmonlar futbolchisi to‘p uchun kurashgan va to‘p uning yelka qismiga tekkan. Bu kabi hollarda uchrashuv davom ettirilishi lozim. O‘z-o‘zidan penalti belgilash uchun asos yetarli emas. Komissiya bosh hakamning qarorini to‘g‘ri, deb topdi.

Kiritildi: 16:43, 28.08.2024.
O'qildi: 1181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.