Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Malilik futbolchiga ko‘plab klublar "og‘iz solgan"

Malilik futbolchiga ko‘plab klublar "og‘iz solgan"

Baho:
+ | -

"Vulverxempton" va Mali terma jamoasi futbolchisi Bubakar Traore ko‘plab klublarning e’tiborini tortdi.

Tayanch yarim himoyachi Premyer-ligada ikki mavsum o‘tkazdi.

Futbolchi o‘zining birinchi yilida jaroxat oldi va juda kam o‘ynadi. O‘tgan mavsumda murabbiylar shtabi undan ko‘p bahslarda foydalandi va futbolchi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. 

Natijada u barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazdi. Bu yozda u Mali terma jamoasiga Olimpiadaning guruh bosqichidan chiqishga yordam bera olmadi.

Shunga qaramay, futbolchi barcha uchrashuvlarni almashtirishlarsiz o‘tkazdi va sardorlik bog‘ichini taqib chiqdi.

L'Équipe xabariga ko‘ra, futbolchiga "Lans", "Feyenoord" va Myonxengladbaxning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 19:38, 28.08.2024.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик