Krishtianu Ronaldu o‘zining YouTube sahifasidagi intervyuda tashqi bosimlar haqida gapirdi.
"Bosim? Men uchun haqiqiy bosim - bu urushda yashayotgan odamlardir. Ularning yeyishga ovqati yo‘q, kechasi o‘q ovozlari ostida yashashga majbur. Mening nazarimda, asl bosim mana shu", - dedi portugaliyalik megayulduz.