Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Prezidentimiz Paralimpiya g‘oliblari bilan telefon orqali suhbatlashdi

Prezidentimiz Paralimpiya g‘oliblari bilan telefon orqali suhbatlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 1 sentyabr kuni Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonib, terma jamoamiz hisobidagi oltin medallar sonini beshtaga yetkazgan yengil atletikachilar Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va taekvondochimiz Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentimiz o‘z nomidan va barcha yurtdoshlarimiz nomidan sportchilarni samimiy qutlab, bu zafarlar eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik kuniga munosib sovg‘a bo‘lganini ta’kidladi. Paralimpiyachilarimiz murosasiz bellashuvlarda ko‘rsatayotgan yuksak mahorat va metin iroda butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni ruhlantirayotgani qayd etildi.

Yurtboshimiz yigitlarning murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirib, kecha sovrindor bo‘lgan sportchilarimizga ham salom va tabrik so‘zlarini yo‘lladi.

Chempionlar har bir chiqishda davlatimiz rahbari va xalqimiz qo‘llovini his etganlarini ta’kidlab, yurtimizda paralimpiya harakati rivojiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlar uchun rahmat aytdilar.

Kiritildi: 11:14, 03.09.2024.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.