Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Srechko Katanets: "Hamma o‘yinchilar o‘yinga tayyor"

Srechko Katanets: "Hamma o‘yinchilar o‘yinga tayyor"

Baho:
+ | -

Ertaga O‘zbekiston terma jamoasi KXDRga qarshi o‘yinda ishtirok etadi. Bugun tashkil etilgan matbuot anjumanida murabbiy Srechko Katanets uchrashuv haqida gapirdi.

"Barchasi joyida, futbolchilarimiz o‘yinga tayyor. Kechagi mashg‘ulotda ham jamoamiz diqqat va e’tibor bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdi. Biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz, shu sababli maqsadimiz faqat g‘alaba qozonish.

Taqvim va jamoaning holati haqida

— Raqibimiz biz bilan o‘yinga qadar o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaza oldi, ko‘proq mashg‘ulotda qatnashdi . Biz esa yaqinda yig‘ildik, biroq bu narsa biz uchun yangilik emas. 3 yildan buyon jamoa bilan birgamiz va bu borada yetarlicha ko‘nikmaga egamiz. Hamma futbolchilar yig‘inga bir xil holatda yetib kelmadi, kimdir ko‘proq o‘ynadi, kimdadir vaziyat boshqacha. Lekin mening vazifam barchasini tahlil qilish va o‘yinga tayyorlash hisoblanadi.

Hammasi joyida, biz shu ruhda davom etishimiz kerak. Bu bosqichda barcha jamoalar kuchli hisoblanadi, xususan, ertangi raqibimiz ham.

Yaqin yillardagi tarkibdagi o‘zgarishlar haqida

— Men ertaga nima bo‘lishini bilmayman, oldimizda katta yo‘l bor. Asosiy e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan.

Ertangi tarkib haqida

— Tarkib borasida ertaga barchamiz guvohi bo‘lamiz.

Raqib haqida

— Ushbu terma jamoani tahlil qilish qiyin. Suriya va Yaponiya bilan o‘yinlarda har xil tarkib bilan harakat qilgan. Jamoa tartibli, o‘z uslubiga ega. Lekin biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratganmiz va ertangi o‘yinga ham nimalarga qodirligimizni maydonda isbotlashimiz kerak", deydi murabbiy.

Kiritildi: 12:50, 04.09.2024.
O'qildi: 2412 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.