Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

Tyon Kopmeyners: «Yuventus»ga g‘alaba uchun keldim»

Baho:
+ | -

«Yuventus» yana bir yirik transferni amalga oshirdi: «Atalanta»da yangi darajaga ko‘tarilgan yarim himoyachi Tyon Kopmeyners 52+7 million yevroga sotib olindi.

Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsum Bergamo klubining «A» seriyadagi 34ta o‘yinida qatnashib, 12ta gol urishdan tashqari, 5 marta assistent rolini bajargandi. Shartnoma rasmiylashtirilganidan keyin «Yuventus» rasmiy kanali Tyonni darhol suhbatga chorladi.

- Tyon, «Yuventus» oilasiga xush kelibsiz! Avvalo, hozirgi his-tuyg‘ularingiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Rahmat! «Keksa sinyora» futbolchisi sifatida intervyu berayotganimdan bag‘oyat xursandman. Nihoyat, bolalik orzularimdan biri amalga oshdi. His-tuyg‘ular shunga yarasha, ta’riflanmas darajada.

- Nega aynan «Yuventus»?

- «Yuve»ga hamisha Italiyaning eng katta klubi sifatida qaraganman. Bolaligimda o‘yin­larini ko‘rganman - hammasi ajoyib. Hatto jamoa formasi ham. Qisqasi, «A» seriyada bundan yaxshirog‘ini topolmaysiz. Qaytaraman, «keksa sinyora» safiga qo‘shilish men uchun o‘zgacha voqelik. Endi jamoa murabbiyi bilan ishlash, tarkibdagi yigitlar davrasida shug‘ullanib, o‘ynash onlarini ilhaq kutyapman.

- Tyago Motta bilan alohida suhbatlashganingiz tayin. Sir bo‘lmasa, asosan nimalar haqida gaplashdinglar?

- Ha, murabbiy bilan ko‘rishdim, u avvalo, kayfiyatim va umumiy holatimga qiziqdi, yana qanday o‘ynashimiz, xususan, hujum harakatlari yuzasidan tushuncha berdi. Murabbiyning bunday e’tibori juda muhim, albatta. Mottaning hujumkor uslubga moyil ekanligi barchaga ma’lum - u sermahsul futbol tarafdori.

- «Yuventus»ning ilk o‘yin­larini ko‘rdingizmi? Jamoa qanday taassurot qoldirdi?

- Ha, dastlabki 2ta o‘yinini kuzatdim. Jamoa ularda 6ta gol urib, 6 ochko olgan ekan, taassurotlar chakki emas. Maydonda hujumkorlikni qadrlaydigan va mahsuldorlikni o‘z o‘rniga qo‘yadigan yaxlit kuchni ko‘rdim. Menimcha, «Yuve» chempionatda zo‘r start oldi.

- Aytingchi, o‘yinning qaysi elementi bo‘yicha yaxshiroqsiz?

- Albatta, gol urish va samarali uzatmalar berishga mo­yilman. Shuning barobarida jamoa uchun ishlash, himoyaga qaytish va maydon bo‘ylab yugurishdan qochmayman. Muhimi, doimo shaxsiy ko‘rsatkichlar emas, jamoaviy natija yo‘lida jon kuydirishga harakat qilaman. Men uchun eng asosiysi, muxlislarga quvonch ulashish, klubdoshlarimga yengillik yaratish va murabbiylar talabiga muvofiq kelish. Oddiy aytganda, «Yuventus»ga g‘alaba uchun keldim.

- Nega aynan 8-raqamni tanladingiz?

- «8» men uchun o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Binobarin, yoshligimda, jumladan, Niderlandiyadagi birinchi klubimda ham shu raqam ostida to‘p surganman. Qisqasi, klub rahbarlariga «8» juda muhimligini aytdim va ular ushbu raqamni olishimga qarshi chiqishmadi.

- «Yuventus» muxlislariga aytadigan so‘zlaringiz...

- Salom «byankonerlar», aytganimdek, sizlar bilan birga ekanligimdan xursand­man. Ha, biroz kechikdim, lekin nihoyat, shu yerdaman. Endi astoydil ishlashimiz kerak. Zero, barchamiz g‘alabalarni birgalikda nishonlashni xohlaymiz. Forza Juve!

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 06.09.2024.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.