Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

Anchelotti «Real» futbolchilarining saviyasi haqidagi savolga javob berdi

Anchelotti «Real» futbolchilarining saviyasi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti madridliklar safidagi futbolchilarning saviyasi haqida gapirdi.

«Real Madrid»da juda katta talablar bor, chunki u dunyodagi eng katta klub. Eng zo‘r o‘yinchilar shu yerda. Ularning fazilatlaridan klub manfaati uchun foydalana bilish kerak. Biz har yili shunday qilishga harakat qilamiz. Bu yil yangi yigitlar paydo bo‘ldi - Kilian (Mbappe) va Endrik. Ular yaxshi moslashadi.

Oldinda bizni ajoyib mavsum kutib turibdi, ammo g‘alaba qozonish juda qiyin bo‘ladi. Bizning vazifamiz raqobat qilish, hech qachon taslim bo‘lmaslik va oxirigacha borishdir. Bu futbolkani kiyganingda shunday qilish kerak», - deya Anchelotti so‘zlarini keltirmoqda "Marca".

Kiritildi: 16:43, 07.09.2024.
O'qildi: 1177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик