Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jamoa yarim himoyachisi Dani Olmoning holati haqida gapirdi.
"Olmo Serbiya bilan o‘yinda kuchli zarba oldi. U hozircha o‘zini qanday his qilayotganini bilmaymiz, ammo bugun u biz bilan mashg‘ulot o‘tkazmaydi", dedi ispaniyalik murabbiy jurnalistlarga.
Millatlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan Serbiya – Ispaniya uchrashuvi golsiz durang bilan yakunlandi.