Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Paralimpiyachilarimiz ham o‘z tarixlaridagi eng yuqori natijani qayd etib, umumjamoa hisobida o‘n uchinchi bo‘lishdi

Paralimpiyachilarimiz ham o‘z tarixlaridagi eng yuqori natijani qayd etib, umumjamoa hisobida o‘n uchinchi bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. 28 avgust – 8-sentyabr kunlari o‘tkazilgan O‘yinlarda O‘zbekiston delegasiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, ilk bor 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Bu bilan paralimpiyachilarimiz medallar jamg‘arish bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi. Ushbu natija bilan delegasiyamiz Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, shuningdek, Markaziy Osiyo, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi tarixiy natija bilan mamlakat Milliy Paralimpiya qo‘mitasi, yuksak matonat ko‘rsatgan para sportchilarimiz va ularning murabbiylari, millionlab muxlislarimizni samimiy qutlaydi.

Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi bugun Vatanga qaytib keladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:54, 09.09.2024.
O'qildi: 4906 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик