Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ten Xag Antonini o‘z safida saqlab qolish niyatida

Ten Xag Antonini o‘z safida saqlab qolish niyatida

Baho:
+ | -

Erik ten Xag Antonini “Manchester Yunayted”da saqlab qolish niyatida.

ESPN xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi "Fenerbaxche" qiziqishlariga qaramay, klubda qolishga qaror qilgan. Braziliyalik futbolchi tez-tez o‘ynashni istaydi, biroq turk klubidan rasmiy taklif bo‘lsa ham u "Old Trafford"da qolishni afzal ko‘radi. Turkiyada transfer oynasi jumagacha ochiq bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Erik ten Xag Buyuk Britaniyadagi transfer oynasining so‘nggi kunida Jeydon Sancho "Chelsi"ga o‘tganidan keyin 24 yoshli vingerni yo‘qotishni istamaydi.

Antoni "Yunayted"ning joriy mavsumda Premyer-ligadagi dastlabki uchta o‘yinida atigi bir daqiqa o‘ynadi.

Kiritildi: 04:23, 10.09.2024.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик