Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

O‘zbekiston o‘z tarixida Qirg‘izistonga yutqazmagan. JCH-2026 yo‘lidagi muhim uchrashuv haqida

O‘zbekiston o‘z tarixida Qirg‘izistonga yutqazmagan. JCH-2026 yo‘lidagi muhim uchrashuv haqida

Baho:
+ | -

Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Qirg‘iziston—O‘zbekiston uchrashuvi bugun, 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv  Bishkek shahridagi “Dolen Omurzakov” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur uchrashuvda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmad al-Ali, unga qanotlarda hamyurtlari Abdulhadi al-Anezi va Ahmad Abbos yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Ammar Ashkanoni ishlaydi.

Shuningdek, Abdulloh Jamoliy (Kuvayt) VAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.

Mezbonlar uchrashuvda oq, mehmon vakillari ko‘k liboslarda harakatlanadi.

Uchrashuvga jamoalar qanday yetib keldi?

O‘zbekiston milliy jamoasi so‘nggi 5 o‘yinning 4 tasida g‘alaba qozondi. Eron bilan bo‘lgan o‘yinda murosa yo‘lini tanlagan o‘zbekistonliklar 5 o‘yinda faqatgina Turkmaniston termasi futbolchilaridan gol o‘tkazib yubordi. Qolgan o‘yinlarda darvoza daxlsizligi saqlab qolindi.

Qirg‘iziston terma jamoasi so‘nggi 5 o‘yinning ikkitasida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabalarning har ikkisi ham Tayvan jamoasi bilan uchrashuvga to‘g‘ri keladi. Qirg‘izistonliklar Malayziya va Ummon bilan uchrashuvlarda murosa yo‘lini tanlagan. Jahon chempionati uchinchi bosqichining birinchi tur uchrashuvida qo‘shni respublika vakillari Eronda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kichik (1:0) hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zaro o‘yinlar

Ikki jamoa o‘rtasidagi barcha uchrashuvlarda o‘zbekistonliklarning qo‘li baland kelgan. Eng yirik hisob 2007 yilda qayd etilgan. Unda O‘zbekiston 6:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2023 yilning 25 dekabrida bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.

So‘nggi 5 uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 17 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Qirg‘iziston vakillari uch bora O‘zbekiston darvozasini ranjita olgan.

Rasmiy bahslardagi natijalar



FIFA reytingida o‘rni

O‘zbekiston terma jamoasi hozirda 62-o‘rinda joylashgan. Terma jamoaning reytingdagi eng yuqori o‘rni 2006—2007 yillarga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda milliy jamoa reytingda 45-pog‘onadan joy olgan.

Qirg‘iziston terma jamoasi FIFA reytingida 102-o‘rinni band qilgan. Terma jamoa 2018 yilda 75-o‘rinda qayd etilgan va bu milliy jamoa uchun eng yuqori hisoblanadi.

Eng qimmat o‘yinchilari

O‘zbekiston terma jamoasining eng qimmat o‘yinchisi, “SSKA” klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev 6 million yevroga baholangan.

Qirg‘izistonliklarning eng qimmat futbolchisi deb ko‘rsatilayotgan Guljigit Aliqulov 700 ming yevroga baholangan.

Bosh murabbiylar fikri

Srechko Katanes:

“Jismoniy holat yomonligi o‘tgan o‘yindan so‘ng ortda qoldi. O‘sha bahsda biz 11 nafar askarlarga qarshi o‘ynadik, deyishimiz mumkin. Ular jismoniy jihatdan yaxshi holatda edi. Biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik. O‘ylaymanki, ertangi bahsda ham ustunlikka erishamiz.

Faqat yuguraverishning foydasi yo‘q, aqlni ham ishlatish kerak. O‘z o‘yinimizni namoyish eta olsak, ertaga barchasi yaxshi yakun topishiga ishonaman. Ertaga uch ochko uchun maydonga chiqamiz”.

Maksim Lisisin:

“O‘yinga reja asosida tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoamiz uzoq safardan qaytdi, tiklanish jarayoni ham kechmoqda. O‘yinga tayyor bo‘lish uchun barchamiz bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Raqib jamoani yetarlicha o‘rgandik va ularda ham kamchiliklar bor. Ishonamanki, biz ertaga muxlislarimizni xursand eta olamiz.

Biz maydonning ikkinchi tarafida ko‘proq o‘ynashni istaymiz, ammo unutmaslik kerakki, raqib ham shuni istaydi. Muvaffaqiyatga erishish yo‘lini topishimiz kerak. O‘ylaymanki, raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, har o‘yinda gol urish va g‘alaba qozonish uchun imkoniyat bo‘ladi”.

Uchrashuv bugun, 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Sport TV orqali 19:00 dan boshlab efirga uzatiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:18, 10.09.2024.
O'qildi: 2287 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.